Dunyoning turli burchaklarida 15-iyunda olingan suratlarni taqdim etamiz.

Dubayda ayollar uchun tuya minish maktabi ochildi.

Foto: EPA

Yaponiyada gullagan lyupin bog‘ida sayr qilib yurgan ona-bola.

Foto: EPA

Mexikoda folklor balet bo‘yicha raqqosa Amaliya Ernandes pandemiyadan so‘ng ilk bor o‘tkaziladigan tomosha uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: EPA

Xitoyning Liaoning provinsiyasidagi sholi dalasida turli xil guruch navlarini yetishtirish orqali yaratilgan yoshlar tasviri.

Foto: AFP

Shanxaydagi Disneylend bog‘ining 5 yilligi nishonlandi.

Foto: Getty Images

Pataxo hindu qabilasi vakili Debora Pataxo Braziliyadagi prezident saroyi oldida Jair Bolsonaruning hududlar chegaralarini belgilash haqidagi qaroriga qarshi norozilik bildirmoqda.

Foto: Reuters

Avstraliya qirg‘oqlarida kitlarning yillik ko‘chishi kuzatilmoqda. Bu vaqtda kitlar Antarktidadan shimolga ko‘chadi.

Foto: AP Photo

Jenevada Jo Bayden va Vladimir Putin uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: Getty Images

Dublinda norozilik harakati bo‘lib o‘tdi. Yangi qurilgan uylarning aholisi ko‘chalarga chiqdi. Uylar slyuda tarkibli beton bloklardan qurilgan bo‘lib, bu materialni juda nozik qiladi. Odamlar rasmiylardan 100 foiz tovon puli talab qilmoqda.

Foto: Getty Images

Koronavirus oqibatida vafot etgan 600 ming amerikalik uchun Kapitoliy binosi oldida o‘tkazilgan bir daqiqalik sukut paytida ko‘z yoshlarini to‘kayotgan Minnesota shtatidan saylangan Demokratik partiya vakili Ilhan Omar.

Foto: EPA

O‘rta Yer dengizidagi migrantlar Chegara bilmas shifokorlar tashkiloti a’zolari tomonidan qutqarilishni kutmoqda.

Foto: Reuters

Seulda kuryer xizmati xodimlarining norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “TASS”

Buyuk Britaniyada Royal Ascot ot poygalarining birinchi kuniga tashrif buyurgan tomoshabinlar.

Foto: Getty Images

Inson huquqlari himoyachilari NATOning Bryusseldagi sammiti paytida Guantanamodagi AQSh qamoqxonasini yopishni talab qilib norozilik namoyishida qatnashmoqda.

Foto: Reuters

Tehron ko‘chalarining biridagi devorga yopishtirilgan Eron prezidentligiga nomzodlar.

Foto: Reuters

Illinoys shtatidagi Chemtool Inc zavodida yong‘in chiqdi. Yog‘-moy mahsulotlari va boshqa sanoat suyuqliklarini ishlab chiqaradigan zavoddagi yong‘in oqibatida mahalliy aholi evakuatsiya qilindi.

Foto: Getty Images

Meksika kannabis harakati guruhi Mexiko shahrida namoyish o‘tkazmoqda.

Foto: EPA

Turkiyadagi Suphan tog‘i yaqinidagi suv nilufarlari.

Foto: Getty Images

Nebraska shtatidagi suzish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun erkaklar o‘rtasida 100 metrga erkin suzish bo‘yicha yarim final bosqichi o‘tkazilmoqda.

Foto: AP Photo

Binyamin Netanyaxuning hokimiyatdagi 12 yillik boshqaruvini tugatgandan so‘ng Tel-Avivdagi Rabin maydonida bayram qilayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Glastonberi shahrida joylashgan Sent-Maykl minorasi yonida turib, quyosh chiqishini tomosha qilayotgan juftlik.

Foto: Reuters