O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov terma jamoa lagerini tark etdi, deya yozmoqda O‘FA matbuot xizmati.

Foto: O‘FA

Qayd etilishicha, 20 yoshli futbolchi Singapurga qarshi o‘yinda olgan jarohati sababli 11-iyun kuni Saudiya Arabistonidan Toshkentga yo‘l olgan. Shuningdek, Erkinovning Toshkentda qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tishi va to‘liq tibbiy nazoratda bo‘lishi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” futbolchisi JCh—2022 saralashi doirasida o‘tkazilgan Singapurga qarshi o‘yinda (5:0) o‘ng oyoq tizza qismidan jarohat olib, maydonni erta tark etgandi. Shuningdek, ushbu bellashuvda Husniddin Aliqulov va Odil Ahmedov ham turli darajadagi jarohatlar olgan.

Vadim Abramov shogirdlari 11-iyun, juma kuni Yamanga qarshi bahs yuritadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.