2023-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan U-20 Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Afrika qit’asida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qilmoqda.

O‘zbekistonlik yoshlar Misrda 20-iyundan 6-iyulga qadar tashkil etiladigan “Arab Cup U-20” musobaqasida qatnashadi.

Bosh murabbiy Eldor Magdiyev qo‘l ostidagi jamoa musobaqaning “D” guruhidan o‘rin olgan va Tunis, Saudiya Arabistoni, Yaman kabi terma jamoalar bilan o‘zaro bahs olib boradi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

 “Arab Cup U-20”

“D” guruhi

21-iyun

22.00 | Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston

24-iyun

19.00 | O‘zbekiston — Tunis

27-iyun

22.00 | O‘zbekiston — Yaman

Misr safari oldidan O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Toshkentda bir haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi va 19-iyun sanasida Qohira shahriga yo‘l oladi.

Murabbiylar shtabi “Arab Cup U-20” xalqaro musobaqasi oldidan tashkil etiladigan yig‘inga 32 nafar futbolchini jalb etdi:

Darvozabonlar: Humoyunshoh Sayotov (“Nasaf”), Otabek Boymurodov (“Paxtakor”), Asrorbek Kenjayev (“Lokomotiv”), Dilshod Murotov (“Chig‘atoy”);

Himoyachilar: Zafar Hakimov (“Nasaf”), Abdurahim Anorov (“Paxtakor”), Izzatillo Po‘latov (“Paxtakor”), Jahongir O‘rozov (“Bunyodkor”), Mirkamol Abdurazoqov (“Paxtakor”), Azizjon Hakimov (“Chig‘atoy”), Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”), Diyorbek Ortiqboyev (“Nasaf”), Mahmudjon Mamajonov (“Bunyodkor”), Abdulloh Yo‘ldoshev (“Lokomotiv”), Mustafo Chobanov (“Chig‘atoy”);

Yarim himoyachilar: Umid Sultonov (“Bunyodkor”), Abbosbek Fayzullayev (“Paxtakor”), Shahzodbek Rahmatullayev (“Paxtakor”), Shahzod Akromov (“Nasaf”), Shohjahon Umarov (“Bunyodkor”), Umarali Rahmonaliyev (“Bunyodkor”), Xislat Xalilov (“Chig‘atoy”), Bilol Tupliyev (“Bunyodkor”), Abbos Ergashboyev (“Paxtakor”), Arslon Yusufboyev (“Aral Samali”), Sherzod Esonov (“Chig‘atoy”), Mustafo Abdumannopov (“Chig‘atoy”);

Hujumchilar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (“Paxtakor”), Diyorbek Toirov (“Metallurg”), Rian Islomov (“Paxtakor”), Ali Abdurahmonov (“Lokomotiv”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!