Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida qaysi klubdan eng ko‘p o‘yinchi ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Gracenote Live’ning yozishicha, Chempionlar Ligasi finalchilari “Chelsi” va “Manchester Siti”dan 15 nafardan futbolchi Yevro—2020 uchun o‘z terma jamoalaridan chaqiruv olgan.

Germaniya chempioni “Bavariya”dan 14 nafar futbolchi chaqirilgan bo‘lsa, “Yuventus”da bu ko‘rsatkich 12 tani tashkil qilgan. Shuningdek, “Manchester Yunayted” va “Dinamo Kiyev”dan ham 11 nafardan o‘yinchi qit’aning eng nufuzli musobaqasida o‘z mamlakati terma jamoasi sha’nini himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionati 11-iyunda Turkiya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bilan boshlanadi. Musobaqaning final o‘yini esa 11-iyulga mo‘ljallangan.

Mavzuga doir: