“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
16:45, 31.05.2021 11984

Stilistdan tavsiya: Yoz uchun 5 xil zamonaviy obraz

Havo issiq bo‘lgani sabab ham yozda kuz va qishdagi singari murakkab obrazlar yaratib bo‘lmaydi. Ammo bu o‘ziga xos kiyinmaslik kerakligini anglatmaydi. To‘g‘ri tanlangan liboslar umumlashmasi bilan didli va zamonaviy, shu bilan birga, jaziramaga mos ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin. Bu borada stilist Roman Medniyning tavsiyalari asqatishi aniq.

80-yillar uslubidagi bluza va jinsi yubka

Foto: Cosmopolitan

Yelka va yeng qismi keng retro uslubidagi kofta bilan zamonaviy ko‘rinish uchun klassik jinsi yubka kiyish kifoya. Bichimi keng va tugmalar bilan bezalgan bo‘lsa yana yaxshi.

Foto: Cosmopolitan

Metalldan ishlangan katta ziraklar bilan esa obrazni o‘ziga xos qilsa bo‘ladi.

Oddiy kofta va uzun yubka

Foto: Cosmopolitan

Takror urfga kirgan uzun yubka modellarining yorqin va printli variantlariga e’tibor qaratish hamda oddiy bichimli kofta bilan moslash tavsiya qilinadi. Bu borada Raf Simonsning 2011-yildagi Jil Sander kolleksiyasidan ilhomlansa bo‘ladi.

Foto: Cosmopolitan

Dizayner keng bichimli uzun yubka bilan oq futbolka kiyib, minimal uslubda obraz yaratgan. Oddiy bichimli yubka modeli bilan oq yoki moviy kofta kiyish ham bashang, ham didli ko‘rinishingizga sababchi biladi.

Klassik shim hamda yoqa va yeng qismlariga tasma tikilgan kofta

Foto: Cosmopolitan

Bichimi pijamani esga soladigan kofta bilan klassik bichimli shim ham o‘ziga xos ko‘rinadi. Bunday obraz, ayniqsa, ofis uchun ayni muddao.

Foto: Cosmopolitan

Tasmali koftani nafaqat to‘q, balki och va katak-katak shimlar bilan ham moslasa bo‘ladi.

Sarafan ko‘ylak va yozgi trench

Foto: Cosmopolitan

Yozgi garderobda muhim rol egallagan, ipak matosidan tikilgan ko‘ylak ustidan yupqa trenchni tashlab, kechki ziyofatlarga borsa bo‘ladi.

Foto: Cosmopolitan

Ularning har ikkisi ham och rangda bo‘lsa, kiygan ayol nafis va dilbar ko‘rinadi.

Obraz tanlashda gullar rangidan ilhomlaning

Foto: Cosmopolitan

Yozda yorqin va rang-barang liboslardan yaxshisi yo‘q.

Foto: Cosmopolitan

Pushti, siyohrang yoki qizil rangni boshqa ranglar bilan moslash atrofdagilarda yoqimli taassurot qoldiradi.