O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralash bosqichi doirasida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan markazlashgan musobaqaga yo‘l oladigan yakuniy tarkibi e’lon qilindi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Bosh murabbiy Vadim Abramov tarkibga 28 nafar futbolchini jalb etdi.

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”), Valijon Rahimov (“OKMK”), Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”);

Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (ikkisi “Paxtakor”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Qizilqum”), Sanjar Qodirqulov, Islom Qobilov (ikkisi “Lokomotiv”), Rustam Ashurmatov (“Kanvon”, Janubiy Koreya), Oleg Zoteyev (“Chonnam Dragons”, Janubiy Koreya), Husniddin Aliqulov, Umar Eshmurodov (ikkisi “Nasaf”);

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Chanchjou”, Xitoy), Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Jaloliddin Masharipov, Odil Hamrobekov (ikkisi “Shabob al-Ahli”), Ikrom Aliboyev (“Tejon”, Janubiy Koreya), Vagiz Galiulin (“Neftximik”, Rossiya), Hojimat Erkinov, Abror Ismoilov, (ikkisi “Paxtakor”), Sanjar Shoahmedov (“OKMK”), Doston Hamdamov (“Hatta”, BAA), Oybek Bozorov (“Nasaf”);

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Jenoa”, Italiya), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”), Igor Sergeyev (“Aqto‘be”, Qozog‘iston), Farrux Ikromov (“Bunyodkor”), Shoxruz Norxonov (“So‘g‘diyona”).

Terma jamoa 28-may, juma kuni tongda Birlashgan Arab Amirliklariga uchib ketadi va 30-may kuni Dubay shahrida Tailand bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 1-iyun sanasida esa Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi.

Qayd etish joiz, 29-may kuni Avstraliya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgandi, biroq Avstraliya tomonning bir qancha futbolchilari jarohat olganligi sababli o‘yin bekor qilingan.

O‘zbekiston terma jamoasi saralash bosqichida Singapur (7-iyun), Yaman (11-iyun) va Saudiya Arabistoniga (15-iyun) qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.

D guruhidagi vaziyat va guruh taqvimi:

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!