Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 17—21-may kunlari issiq suv ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, shu kunlarda “Toshissiqquvvati” DUKning bahorgi profilaktik tadbirlari doirasida rejaga asosan 2-issiqlik markazida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu sababli Qorasuv 1,2,3,4,6, Bo‘z-2, Feruza mavzelarida, Gyote, Fayzulla Xo‘jayev, Zulayho, Intizor, Do‘rmon yo‘li, Mirzo Ulug‘bek, Qodirov (Feruza) ko‘chalarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, Oltintepa va Chaxbud ko‘chalari kesishmasidagi quvurlarning yopqichlari almashtirilishi munosabati bilan 17-may soat 09:00 dan 18-may soat 09:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda ham issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Oltintepa;
  • To‘rtariq;
  • Angren;
  • Salom;
  • Amudaryo;
  • Sirdaryo;
  • Chirchiq;
  • Bo‘zariq;
  • Lomonosov;
  • Arxeologiya;
  • Oltintepa 4-,5-tor ko‘chalarida;
  • Qizilsuv;
  • Podshobog‘;
  • Hirmontepa 1-,2-,3-,4-tor ko‘chalarida;
  • Quduqboshi;
  • Mirhosilboy;
  • Parkent.