Dunyo bo‘ylab 12-may kuni kamera obyektiviga olingan suratlarni namoyish qilamiz.

Isroil havo hujumidan so‘ng vayron bo‘lgan uyini tashlab ketayotgan falastinlik ayol va uning o‘g‘li.

Foto: Reuters

Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasida saralash markazining ishchilari maxsus qutilarga atirgul barglarini solyapti.

Foto: Legion Media

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida Ramazon hayiti munosabati bilan osilgan bezaklar.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Buyuk Britaniyaning Solsberi shahrida lochin polaponini shahar sobori minorasidagi uyasiga qaytarishdan oldin uning tirnog‘i uzunligi o‘lchanib, maxsus halqa taqilmoqda.

Foto: PA

Idlibdagi qochqinlar lageridagi bola oynada sochlari qanday turmaklanganini ko‘ryapti.

Foto: Getty Images

Dakka shahrida qayig‘ida namoz o‘qiyotgan bangladeshlik.

Foto: Getty Images

Qozon shahridagi maktabda yuz bergan otishma oqibatida vafot etganlarning xotirasi uchun gul qo‘yayotgan qizcha.

Foto: EPA

Islandiya poytaxti Reykavik yaqinidagi vulqondan otilayotgan lava.

Foto: “TASS”

Jakarta shahridagi Al-Musyari’in masjididagi musulmonlar teleskop yordamida oyning holatiga qarab, Ramazon tugaganini ma’lum qilmoqda.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Blekpul shahridagi Blackpool Tower Ballroom zalini tiklash ishlari oldidan uni ko‘zdan kechirayotgan loyiha menejeri Kit Langton.

Foto: PA

G‘azo shahriga qilingan havo hujumlari oqibatida vayronalar yonida yotgan manekenlarning bosh qismi.

Foto: Getty Images

Lissabonning “Sporting” jamoasi 19 yil ichida birinchi marta Portugaliya chempioni bo‘ldi. Suratda shaharning asosiy maydoniga yig‘ilgan jamoaning minglab muxlislari.

Foto: EPA

Rim Papasi Fransisk koronavirus cheklovlari yumshatilgandan so‘ng odamlar bilan uchrashyapti.

Foto: EPA

Bangladeshda Ramazon hayitini nishonlash uchun o‘z shaharlariga jo‘nab ketayotgan migrantlar paromga qarab yuguryapti.

Foto: Rex

G‘azo sektoridan uchirilgan raketalarni Isroilning “Temir gumbaz” nomli raketaga qarshi tizimi urib tushirmoqda.

Foto: Reuters

Kolumbiyaning Kali shahrida hukumatga qarshi namoyishchilar o‘ziga xos avtobusda ketmoqda.

Foto: Getty Images

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi davlat kasalxonasida COVID-19 bilan kasallangan 3 bemor bir koykada davolanmoqda.

Foto: Reuters

Pekin shahridagi bino oynalarini tozalayotgan ishchilar.

Foto: Getty Images

Ahmadobodda hindistonliklar koronavirusga qarshi immunitet hosil qiladi deb ishonib, badanlariga sigir go‘ngini surtib, ibodat qilmoqda.

Foto: Reuters

Falastinlik bola G‘azo shahrida Isroilning havo hujumlarida vayron bo‘lgan bino qoldiqlari yonidan o‘tmoqda.

Foto: Reuters

Londondagi Christie’s kim oshdi savdosiga qo‘yilgan kolleksioner Marion Lambertning Fiat 600 avtomobili. Uning taxminiy qiymati 28 000—36 000 funt sterlingni tashkil etadi.

Foto: Shutterstock