Dunyo bo‘ylab 10-may kuni kamera obyektiviga muhrlangan suratlarni taqdim etamiz.

Ramazon oyida muqaddas Makka shahridagi Masjid ul-Haramda tunda namoz o‘qiyotgan musulmonlar.

Foto: Reuters

London merligiga qayta saylangan Sodiq Xon Shakespeare’s Globe teatridagi marosimida nutq so‘zlamoqda.

Foto: Reuters

Isroil xavfsizlik kuchlari Quddusdagi Al-Aqso masjidi yaqinidagi hududda falastinliklarni quvib chiqaryapti.

Foto: AFP

Sankt-Peterburgda odamlar Ikkinchi jahon urushi paytida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligiga bag‘ishlangan salyutni tomosha qilmoqda.

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston aholisi 10-may kuni noyob tabiat hodisasi — Quyosh galosiga guvoh bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona, Andijon, Namangan osmonida Quyosh atrofida kamalakka o‘xshash halqa ko‘rinayotgani aks etgan surat va videolar tarqaldi.

Foto: Videodan kadr

Qirolicha Yelizaveta II videoanjumanda 30 ta Hamdo‘stlik davlatlarini qamrab olgan cho‘kish sabab bo‘luvchi o‘limlar sonini kamaytirish, suv xavfsizligini ta’minlash maqsadida tashkil qilingan “Qirollik hayotini saqlash jamiyati”da tajriba orttirgani haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Getty Images

G‘azodagi falastinliklar Isroil chegarasi oldida olovli sharlarni uchirgandan keyin Niram shahri yaqinidagi bug‘doy dalasining bir qismi yonib ketdi.

Foto: Reuters

Politsiya xodimlari sog‘liqni saqlash markazida COVID-19 vaksinasi olishni kutayotgan odamlarni tartibga chaqirmoqda.

Foto: AFP

Isroil politsiyasi xodimi Quddusning eski shahar hududidagi Ma’bad tog‘ida davom etayotgan to‘qnashuvlar paytida Arslon darvozasi yaqinida avtoulovi qulab tushishi oqibatida yaralangan yahudiyning yonida turgan falastinlik tomon to‘pponchani o‘qtalmoqda. Quddusda Shayx Jarroh hududidan majburiy ko‘chirilgan olti falastinlik oilani qo‘llab-quvvatlash uchun norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Foto: EPA

An’anaviy suv tashuvchisi 60 yoshli Muhammad Ramzan echki terisidan qilingan meshini Ramazon oyida yaqin atrofdagi uylarga suv yetkazib berish uchun to‘ldiryapti.

Foto: Reuters

Afg‘onistonning Kobul shahrida sodir etilgan portlashdan so‘ng jarohat olgan ayol kasalxonaga yetkazilmoqda.

Foto: Reuters

Gvatemaladagi Pakaya vulqonidan oqib tushayotgan lava manzarasi fonida o‘tirgan erkak.

Foto: Reuters

Quddusdagi Al-Aqso masjidi yaqinida Isroillik politsiyachilarga qarshi kurashayotgan falastinliklar.

Foto: Reuters

Nyu-York shahrida Tesla’ning Cybertruck avtomobilini tomosha qilish uchun navbat kutayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Italiyadagi “Rim dunyosi” tematik bog‘ida o‘zining boyo‘g‘lisi bilan turgan Falkoner Jiovanna ismli ayol.

Foto: Reuters

Manhettenning Times maydonidagi go‘zallik tanlovi paytida suratga tushayotgan qizlar.

Foto: Reuters

Isroil tomonidan ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohilning Ramallah shahri yaqinida o‘tkazilayotgan Quddusdagi ziddiyatlarga qarshi norozilik namoyishlari vaqtida g‘ildirak shinasini ko‘tarib, yonayotgan to‘siq yonidan o‘tayotgan falastinlik ayol.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning bosh vaziri Boris Jonson o‘zi tasvirlangan shar fonida nutq so‘zlamoqda.

Foto: Reuters

Moldovalik Viktor Chiobanu Sofiyada bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining saralash bosqichida erkaklar o‘rtasida 60 kilogrammgacha vazn toifasidagi yarim final jangida gruziyalik sportchi Dato Chxartishviliga qarshi jang o‘tkazmoqda.

Foto: Reuters

Tomskda fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligiga bag‘ishlangan marosimda Ikkinchi jahon urushi yodgorligi oldida turgan ayol.

Foto: Reuters

Vashingtonda iqlim faollari Enbridge kompaniyasining 3 qatronli qum quvurlari loyihasini kengaytirish uchun mablag‘ ajratishiga qarshi norozilik bildirmoqda.

Foto: Reuters