Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin 5-may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Lokomotiv” FK / “Daryo”

“Lokomotiv” safarda “Mash’al” bilan bahs yuritdi. “Temiryo‘lchilar” safida Temurxo‘ja Abduxoliqov dubl qayd etgan bo‘lsa, Islom Qobilov va Kaxi Maxaradze bittadan golga muallif bo‘ldi. Mezbonlarning javob golini Humoyun Murtozayev urdi.

“Lokomotiv” bu g‘alabadan keyin 11 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi, “Mash’al” (5) 11-o‘rinda bormoqda.

Foto: “Qo‘qon-1912” FK / “Daryo”

Yana bir o‘yin “Andijon” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasida kechdi. Birinchi bo‘limda qo‘qonliklar Muhammadanas Hasanov va Mo‘minjon Meliyevning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. 75-daqiqada Martin Boakye hisobni qisqartirdi. O‘yin yakuni arafasida mezbonlar muvozanatni tiklashi mumkin edi, biroq Jasur Jaloliddinov penaltidan unumli foydalana olmadi.

“Qo‘qon-1912” ochkolarini 12 taga yetkazib oldi va 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Andijon” (40) esa 12-pog‘onada bormoqda.

Superliga

7-tur bahslari

5-may, chorshanba

“Mash’al” — “Lokomotiv” 1:4

Gollar: 0:1 – 11, penalti Abduxoliqov, 0:2 – 22 Qobilov, 0:3 – 64 Abduxoliqov, 0:4 – 83 Maxaradze, 1:4 – 86 Murtozayev.

“Mash’al”: 12.Shohruh Eshbo‘tayev, 2.Zafarbek Akramov, 7.Ifeani Ifeani, 10.Humoyun Murtozayev, 11.Samuel Chigozi (9.Doniyor Usmonov, 65), 13.Shahzod Shaymanov, 17.Jamoliddin Ubaydullayev, 18.Abbos Shodmonov (19.Sardor Abduraimov, 20), 22.Sirojiddin Qo‘ziyev (15.Muhammadali Aliqulov,65), 23.Samandar Shukurullayev, 27.Muhammadali Yo‘ldoshev (4.Shahzodbek Hamidov,65).

“Lokomotiv”: 35.Javohir Ilyosov, 3.Islom Qobilov (20.Jaloliddin Jumaboyev,67), 4.Dilshod Komilov, 7.Sadriddin Abdullayev, 8.Javohir Sidiqov (18.Ibrohim G‘anixonov, 79), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 21.G‘ulom Haydar G‘ulomov (14.Azizbek Omonov, 37), 27.Islom Rashidxonov (9.Javohir Alijonov, 79), 28.Shuhrat Muhammadiyev, 37.Sherzod Fayziyev, 77.Diyor Turopov (5.Kaxi Maxaradze,67).

Ogohlantirishlar: Rashidxonov (17), Shukurullayev (33), Murtazoyev (39).

“Andijon” — “Qo‘qon-1912” 1:2

Gollar: 0:1 – 3 Hasanov, 0:2 – 45+1 Meliyev, 1:2 – 75 Boakye.

“Andijon”: 32.Javohir Qilichev, 5.Abduvohid G‘ulomov, 7.Martin Boakye, 9.Kamron Saidazimov (17.Farhodjon Sohibjonov, 76), 10.Jasur Jaloliddinov, 14.Doniyor Ismoilov (20.Izzatilla Abdulhaqov, 64), 23.Mardon Abdullayev (28.Sunnatillo Hamidjonov, 76), 33.Doniyor Abdumannopov, 49.Plamen Dimov, 70.Diyor Rahimqulov, 77.Muhammad Isayev (8.Baxtiyor Qosimov, 58).

“Qo‘qon-1912”: 1.Muzaffar Abdullayev (46.Xurshid Xo‘jayev, 90+2), 5.Slavko Lukich, 8.Farhod Bekmurotov, 10.Shohnazar Norbekov (9.Hamidullo Abduhamidov, 90+2), 11.Mo‘minjon Meliyev (14. Avaz Mamatxo‘jayev, 62), 13.Sardor Azimov (7. Asadbek Sobirjonov, 62), 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov, 91.Yakuba Bamba (20.Iqbol Malikjonov, 52).

Ogohlantirishlar: Meliyev (21), Lukich (25), Isayev (38), Xolmuhammedov (49), G‘ulomov (72), Jaloliddinov (76), Malikjonov (83), Bekurotov (87).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!