Bizning Tok Bor kompaniyamiz O‘zbekiston uchun noyob loyihani amalga oshirdi. Tok Bor Pro quvvatlash majmuasi bir nechta eksklyuziv xususiyatlari bilan ajralib turadi.

1. Bugungi kunda u bir vaqtning o‘zida, 104 kilovatt-soat elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan, O‘zbekistondagi eng kuchli quvvatlash majmuasidir.

2. Hech kimga sir emaski, dunyoda ko‘plab, turli xil konnektorlar mavjud bo‘lib, Xitoyda GB/T konnektori mahalliy standart hisoblanadi. AQSh va Yaponiyada eng keng tarqalgani Chademo, Yevropada Type 2 va CCS Combo 2, Tesla kompaniyasi esa umuman o‘zining konnektorlarini ishlab chiqqan. Ushbu mintaqalardagi elektromobillar mahalliy standartlarga mos kelishi kerak, ammo O‘zbekistonga, geografik joylashuvi tufayli hamda mamlakatda quvvatlovchi infratuzilmaning mavjud emasligi sababli, elektromobillar dunyoning barcha hududlaridan olib kelinadi. Shuning uchun dunyoda mavjud quvvatlash majmualarining hech biri barcha elektromobil egalarining talablarini birdek qondira olmaydi. Shu sababli, bizning kompaniyamiz Yevropaning yetakchi ishlab chiqaruvchisi bilan birgalikda ham tezlashtirilgan, ham tezkor quvvatlash uchun mamlakatimizdagi barcha keng tarqalgan konnektorlarni o‘zida mujassam etgan, universal quvvatlash stansiyasini ishlab chiqish ustida bir yildan ortiq vaqt davomida ishladi.

3. Tok Bor Pro quvvatlash stansiyasida bir vaqtning o‘zida uchta elektromobil quvvatlanishi mumkin.

4. Ushbu quvvatlash majmuasining eng muhim xususiyati, uning 100 foiz ekologik toza ekanligidir. Chunki u Bo‘rijar GESidan haqiqiy qayta tiklanadigan energiya bilan ta’minlanadi.

Tokbor.uz — bu O‘zbekistonda elektr transporti uchun quvvatlash infratuzilmasini yaratish loyihasi. Avtomobil egalari o‘z elektr transportini tez va qulay sharoitda quvvatlab, o‘z yo‘lida davom etish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Aynan shuning uchun biz quvvatlash stansiyalarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda, Yevropa dasturiy ta’minotini sotib olish, uni o‘zbek tiliga tarjima qilish, mahalliy to‘lov tizimlari bilan uyg‘unlashtirish va boshqa ishlarni olib bordik.

Endi foydalanuvchilar ilovani tez kunda o‘z smartfonlariga yuklab olishi va undan ro‘yxatdan o‘tishlari bilan, real vaqt rejimida O‘zbekistondagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarining joylashuvini, qiziqtirgan portlarning band yoki bo‘sh holatini kuzatib turishlari va hatto masofadan turib ularni band qilishlari mumkin bo‘ladi.

Shuni aytish joizki, bir oyning o‘zidayoq Tok Bor quvvatlash stansiyasi bilan Amirsoy Mountain Resort jahon darajasidagi barcha mavsumli tog‘-chang‘i kurorti, poytaxtdagi “Anhor-Lokomotiv” parki va “O‘zbekneftgaz” milliy yoqilg‘i quyish tarmog‘ining ikkita shoxobchasi jihozlandi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi eng yirik Makro supermarketlar tarmog‘ining 20 ta filiali uchun stansiyalar olib kelindi.

Shu bilan birga, bizning kompaniyamiz hamkorlar bilan ishlashga tayyor. O‘zining joylashgan manzillarida elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarining tarmog‘ini yaratmoqchi bo‘lgan har qanday yirik kompaniya bizning hamkorimiz bo‘lishi mumkin.

Elektr stansiyalariga sarmoya ikki karra foydali ekanligini tushunadigan kompaniya! Axir siz nafaqat atrof-muhitni yaxshilashga ulkan hissa qo‘shasiz, balki keyingi o‘n yilliklar davomida doimiy va borgan sari ko‘payib boradigan daromadga ega bo‘lasiz!

Murojaat uchun: +99878 777 77 87

Instagram: tokbor.uz

Reklama huquqi asosida.