“Andijon” futbol klubi ustozi Otabek G‘ulomxo‘jayev iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: “Andijon”
Qayd etilishicha, G‘ulomxo‘jayev klub rahbariyatining qaroriga ko‘ra iste’foga chiqarilgan, bunga jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lgan. “Andijon” Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligida 11 rasmiy uchrashuv o‘tkazib, shularning 3 tasida g‘alaba qozongan va bir marta durang qayd etdi. Yana yetti o‘yinda esa andijonliklar mag‘lubiyatga uchragan.
Otabek G‘ulomxo‘jayev 2020-yilning noyabr oyida Andijon klubi boshqaruvini qabul qilib olgandi. U futbolchi sifatida 2001–2002-yillarda “Andijon” jamoasida to‘p surgan.
“Andijon” O‘zbekiston chempionatining 5-turidan keyin 4 ochko to‘plagan holda 12-o‘rinda bormoqda.