“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
14:23, 23.04.2021 20464

Kutilmagan tarzda ruhiyatga ta’sir qiladigan mahsulotlar

Oziq-ovqat mahsulotlari nafaqat organizmning salomatligi, balki ruhiyatga ham ijobiy yoki ta’sir qiladi.

Foto: Freepik

Tozalangan guruch

Tarkibida tez singadigan uglevodlar ko‘p bo‘lgani sabab glyukozani qonga singishiga olib keladi. Buning hisobiga qand miqdori keskin kamayishi bu esa miya ahvoli hamda asab tizimiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Popkorn

Oqsil, fosfor, temir va magniyni o‘z ichiga oladigan popkorn asab tizimi uchun foydali. Undagi B vitamin esa depressiya va stressning oldini oladi.

Tunets (baliq turi)

Ushbu baliqda miqdori oshib ketishi xotira bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradigan simob mavjud. Tunets, shuningdek, gormon va asab tizimini ishdan chiqaruvchi sintetik moddani ham o‘z ichiga oladi.

Boshoqli o‘simliklar

Boshoqli o‘simliklar tarkibida glyuten mavjud. Glyutendagi antitana organizm uchun muhim bo‘lgan elementlarni ishdan chiqarishi mumkin. Ushbu moddalar yetishmaganda esa odamda depressiya kuzatiladi.

Qora shokolad

Shokoladda miya hujayralarining faolligi uchun javob beradigan flavonoidlar bor. Flavonoid qon tomirlarni kengaytiradi va miya qo‘shimcha kislorod bilan ta’minlanadi.

Qattiq pishloq

Pishloqning mazkur turida qon bosimini ko‘tarib, migren keltirib chiqaradigan tiramin mavjud.

Pechda pishirilgan kartoshka

Bunday usulda tayyorlangan kartoshkada miyani kislorod bilan ta’minlaydigan kaliy mavjud. Qolaversa, miyani qon bilan ta’minlaydigan va energiya bilan ta’minlaydigan glyukoza, B vitamin hamda aminokislotalar bor.

Loviya

Loviya teri oshlovchi moddalarni o‘z ichiga oladi. Organizmda ularning oshib ketishi temir singari minerallarning qayta ishlanishi qiyin bo‘ladi. Bu miyada qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar hamda anemiyani keltirib chiqaradi.

Zarchava

Zarchava miya erta qarishining oldini oladigan antioksidantlarning koni. Uning iste’moli kognitiv qobiliyatlarni yaxshilanishiga hissa qo‘shadi.

Shafran

Shafran miya yaxshi ishlashini ta’minlaydigan, ayrim psixologik muammolarni bartaraf etish xususiyatiga ega bo‘lgan B va C vitaminlariga boy.

Dolchin

Dolchin spirti va aldegidni o‘z ichiga oladigan ushbu mahsulot diqqat, xotira va tez reaksiya qilish singari vazifalarni bajarishga yordam beradi.