“Manchester Siti” Yevropa Superligasidan chiqishini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida bayonot berildi.

Foto: Twitter

“Manchester Siti” futbol klubi Yevropa Superligasini yaratish rejalarini ishlab chiqadigan guruhdan chiqish tartib-taomillarini rasman boshlaganligini tasdiqlaydi.

“Manchester Siti” bayonoti

Qayd etish joiz, “shaharliklar” Yevropa Superligasini yaratish g‘oyasini ilgari surgan olti ingliz klubining biri edi. Shuningdek, tez orada “Chelsi”ning ham musobaqani tark etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 18-aprel kuni Yevropaning 12 ta klubi yangi musobaqa — Yevropa Superligasi tashkil etilganini e’lon qildi. Keyinchalik UEFA prezidenti ushbu musobaqada ishtirok etgan barcha Yevropa va xalqaro maydondagi o‘yinlardan chetlatilishi haqida aytgandi.