Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 33-turida PSJ 18-aprel, yakshanba kuni “Sent-Etyen”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvda hisob 77-daqiqaga kelib mehmonlar tomonidan ochildi. Bunga parijliklar ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Kilian Mbappening goli bilan javob qaytardi.

87-daqiqada Mbappe o‘zi ishlab olgan penaltini golga aylantirgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarda “Sent-Etyen” muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning 5-daqiqasi o‘tib borayotgan bir vaqtda Mauro Ikardi parijliklarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa PSJ ochkolarini 69 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘rinda ketmoqda va peshqadam “Lill”dan bir ochko ortda qolmoqda.

Liga 1

33-tur bahsi

18-aprel, yakshanba

PSJ — “Sent-Etyen” 3:2

Gollar: 0:1 – 77 Buanga, 1:1 – 79 Mbappe, 2:1 – 87, penalti Mbappe, 2:2 – 90 Amuma, 3:2 – 90+5 Ikardi.

PSJ: Riko, Florensi (Dagba, 77), Kerer, Bakker, Kimpembe, Danilu Pereyra, Sarabiya (Di Mariya, 67), Rafinya (Verratti, 67), Errera, Kin (Ikardi, 68), Mbappe.

“Sent-Etyen”: Grin, Sisse, Debyushi (Mueffek, 56), Trauko (Abi, 89), Mukudi, Neu Nupa, Yussuf (Norden, 46), Monne-Pake (Buanga, 46), Kamara, Amuma, Hazri (Aushish, 68).

Ogohlantirishlar: Neu Nupa (57), Kimpembe (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi