Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Dzyudo federatsiyasi

Foto: Dzyudo federatsiyasi

Ushbu musobaqada 29 mamlakatdan 195 nafar sportchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning dastlabki uch kunida 10 ta medalni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi: 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza. O‘zbekiston umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Birinchi o‘rinda Janubiy Koreya terma jamoasi (4 ta oltin, 5 ta kumush, 8 ta bronza) qayd etilgan.

Hozirda bu ko‘rsatkich O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasi bo‘lib turibdi.

Sardor Nurillayev (-66 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) va Gulnoza Matniyozova Osiyo chempioniga aylandi.

9-apreldan jamoaviy musobaqalar boshlandi. Dastlabki bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada Tokio—2020 Olimpiadasi uchun zaruriy reyting ochkolarini jamg‘arish imkonini beradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi