Osiyo Chempionlar Ligasining pley-off uchrashuvlari 7-aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Ulardan birida Saudiya Arabistonining “Al-Vahda” jamoasi Iroqning “Al-Quva Al-Javiya”siga (“Eyr Fors”) qarshi bahs olib bordi. Dramatik ruhda kechgan o‘yin penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi. Avvalgida suadiyaliklar 24-daqiqada oldinga o‘tib oldi, mehmonlar 90+2-daqiqada gol urib, muvozanatni tikladi. Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda iroqliklarning qo‘li baland keldi.

Shu tariqa “Paxtakor” joy olgan B guruhi quyidagi ko‘rinishni oldi:

B guruhi

  • “Sharja” (BAA)
  • “Traktorsozi” (Eron)
  • “Paxtakor” (O‘zbekiston)
  • “Al-Quva al-Javiya” (“Eyr Fors”) (Iroq)

Foto: “Daryo”

“Paxtakor” markazlashgan tizimda o‘tadigan guruh bosqichini 14-aprel kuni “Traktorsozi”ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Quyidagi “sherlar”ning taqvimi bilan tanishing:

OChL—2021

Guruh bosqichi

1-tur

14-aprel, 20:00 (Toshkent vaqti bilan)

“Paxtakor” — “Traktorsozi”

2-tur

17-aprel, 20:00

“Eyr Fors” — “Paxtakor”

3-tur

20-aprel, 23:00

“Sharja” — “Paxtakor”

4-tur

23-aprel, 23:00

“Paxtakor” — “Sharja”

5-tur

26-aprel, 20:00

“Paxtakor” — “Eyr Fors”

6-tur

29-aprel, 20:00

“ Traktorsozi “ — “Paxtakor”