Fabergе zargarlik uyi “Taxtlar o‘yini” serialining yubileyi munosabati bilan narxi 2,2 million dollarni tashkil qiladigan brilliant tuxumni taqdim etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.

Foto: “Korrespondent.net”

Aprel oyida “Taxtlar o‘yini” seriali premyerasiga 10 yil bo‘ladi. Faberge brendi shu munosabat bilan esdalik sovg‘a qilishga qaror qilgan. Rang-barang emaldan ishlanib, brilliant, yoqut va oytoshlar bilan bezalgan tuxum dizayni ustida serialning liboslar bo‘yicha rassomi Mishel Klepton ishlagan.

Dizayn bosh qahramon Deyeneris uning obrazi va taxtni egallashga urinishidan kelib chiqqan holda yaratilganini ta’kidlagan Mishel ranglar qahramonning liboslari va zargarlik buyumlariga mos ravishda tanlangani, tekstura esa ajdarlarga bo‘lgan ehtirosni ifoda qilishini qo‘shimcha qilgan.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Tuxumning ichidagi yarqirab turadigan billur ustida toj joylashganini ko‘rish mumkin.