Yaponlarning mazkur taomi tashqi ko‘rinishidan oddiy bo‘lsa-da, ammo mahsulotlar uyg‘unlikda ajoyib ta’mni hosil qiladi.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • guruch − 270 gramm;
  • piyoz − 1/2 dona;
  • bulg‘or qalampiri − 1 dona;
  • qo‘ziqorin − 4 dona;
  • tovuq filesi − 220 gramm;
  • o‘simlik yog‘i − 3 osh qoshiq;
  • tuxum − 8 dona;
  • ketchup;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Guruch qaynatib olinadi.
  2. Piyoz va bulg‘or qalampiri to‘trburchak shaklda to‘g‘raladi. Qo‘ziqorinlar ham ingichka kesib olinadi.
  3. Tovuq filesi ham to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. O‘simlik yog‘ida qizargunga qadar qovuriladi.
  4. Ustidan to‘g‘ralgan sabzavotlar qo‘shiladi va 3-4 daqiqa qovuriladi.
  5. So‘ngra guruch, tuz va ziravorlar solinib, 2-3 daqiqa pishiriladi.
  6. Tayyor bo‘lgan nachinka biroz sovigandan so‘ng ketchup bilan aralashtiriladi.
  7. Kichik idishda 2 dona tuxum bir chimdim tuz bilan aralashtiriladi.
  8. Qizitilgan tovaga biroz yog‘ quyib, tuxum solinadi.
  9. Tuxum chetlari pishgach, markaziga nachinka solinadi va omletning chet qismlari bilan yopiladi. Ish jarayoni shu tarzda davom etadi.
  10. Taomga ketchup bilan bezak berish mumkin.

Yoqimli ishtaha!