LinkedIn kompaniyasi 5-apreldan boshlab xodimlarining 15 900 nafariga oylik maoshi saqlanib qoladigan ta’til berdi. Bu haqda LinkedIn xodimlar bo‘limi boshlig‘i Teuila Hensonga tayanib CNN xabar berdi, deb yozmoqda Meduza.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ishni faqat belgilangan xodimlar davom ettiradi, lekin ular ham keyinroq ta’til oladi.
LinkedIn xodimlarning ishi uchun minnatdorchilik bildirish va ko‘p ishlash natijasida stressga yo‘l qo‘ymaslik imkoniyatini berish uchun barcha xodimlarga ta’til berishga qaror qildi. “Biz ularga haqiqatan qadrli bo‘lgan nimadir bera olishimizga ishonch hosil qilmoqchi edik va hozir barchamiz uchun qadrli narsa ta’til deb o‘ylaymiz”, — dedi Henson.
Deyarli barcha xodimlar ta’tilga chiqqani sababli ular ishiga qaytganidan so‘ng yo‘qligida to‘planib qolgan vazifalardan og‘ir stressni boshdan kechirmaydi, deb qo‘shimcha qildi Henson.
Avvalroq British Airways aviakompaniyasi Londondagi shtab-kvartirasini sotib yuborish imkoniyatlarini o‘rganib chiqayotgani haqida xabar berildi. Bunga kompaniya xodimlarining ko‘p qismi masofadan ishlashga o‘tgani sabab bo‘lmoqda, endi aviatashuvchiga ofisning katta qismi kerakmas bo‘lib qoldi. Ofis sotuvi pandemiya tufayli jiddiy zarar ko‘rgan kompaniyaning moliyaviy ahvolini yaxshilashi mumkin. Waterside binosi 1998-yilda qurilgan va taxminan, 200 million funt sterlingga baholangan.
Yaponiyada esa davlat xizmatchilari ishdan ikki daqiqa oldin chiqib ketgani aniqlanganidan keyin jazolandi. Funabashi shahri ta’lim boshqarmasining yetti nafar xodimi jazolandi, ular 2019-yilning may oyidan 2021-yilning yanvar oyigacha avtobusga ulgurish uchun ishdan ikki daqiqa ertaroq chiqqan. Holatlarning umumiy soni 316 tani tashkil qilgan.
Izoh (0)