Ushbu pirog glazur bilan qoplanganda ajoyib ta’mga ega bo‘ladi.
Kerakli mahsulotlar:
- manniy yormasi — 200 g;
- shakar — 200 g;
- suv — 250 ml;
- razrixlitel — 2 choy qoshiq;
- kakao — 3 osh qoshiq;
- tuz — 1 chimdim;
- o‘simlik yog‘i — 120 ml;
- un — 160 g.
- kakao — 3 osh qoshiq;
- shakar — 2 osh qoshiq;
- suv — 4 osh qoshiq;
- o‘simlik yog‘i — 4-5 osh qoshiq.
- Manniy yormasini shakar bilan aralashtirib, suv quying va 30-40 daqiqaga qoldiring.
- Unga razrixlitel, kakao, tuz va o‘simlik yog‘i soling.
- Elangan unni astalik bilan solib aralashtiring. Quyuq smetanaga o‘xshash xamir hosil bo‘lsin.
- Yog‘langan pech patnisiga xamirni quyib, 180 darajali pechda 40-50 daqiqaga qo‘ying.
- Glazur tayyorlash uchun kakao, shakar suv va o‘simlik yog‘ini aralashtirib, past olovga qo‘ying. Qaynab chiqquncha doimiy ravishda aralashtirib turing, 1-2 daqiqadan so‘ng olovdan oling.
- Glazurni idishga quyib soviting.
- Pirog yuzasini glazur bilan qoplang va 10-15 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying.