“Ufa” bosh murabbiy Rashid Rahimov Rossiya chempionati 24-turi doirasida “Dinamo M”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan (0:4) keyin jamoani tark etdi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Rahimov iste’fo berishini ma’lum qildi.
Ufaliklar rahbariyati mutaxassisning iste’fosini qabul qilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.
“Ufa” bosh direktori Shamil Gazizovning aytishicha, Rahimovning bu qarori rahbariyat uchun kutilmagan voqea bo‘lgan.
“Ufa” RPLda ketma-ket 7 o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti va jamoa 25 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu “Ufa” uchun joriy mavsumdagi ikkinchi iste’fo bo‘ldi. Jamoa 2020-yilning oktabrida Vadim Yevseyev bilan xayrlashgandi.
Ma’lumot uchun, “Ufa” safida o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov harakat qiladi. 20 yoshli futbolchi qishki transfer oynasida “Spartak”dan ijara asosida “Ufa”ga o‘tgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!