Braziliya Federal sudi mamlakat prezidenti Jair Bolsonaruga kamsituvchi sharhlari uchun jurnalistga kompensatsiya to‘lash majburiyatini yukladi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
2020-yilda Bolsonaru jurnalist Patrisiya Kampos Melloga qarshi axloqsiz bayonotlar bergan edi (Bolsonaruning aytishicha, jurnalist prezident haqidagi salbiy ma’lumotlar evaziga axborot yetkazuvchiga intim xizmatlarini taklif qilgan). Sud uning gaplari jurnalistning sha’niga putur yetkazgan deb topdi.
Yetkazilgan zarar uchun Braziliya prezidentiga 20 ming real (taxminan, 3452 dollar) miqdorida kompensatsiya to‘lash majburiyati yuklatildi. Bolsonaru sud hukmi ustidan shikoyat kiritishi mumkin.
“San-Paulu markaziy fuqarolik forumining o‘n to‘qqizinchi sudidan birinchi instansiya sudyalari Ina de Lemos va Silva Machado mamlakat prezidentini 20 ming real miqdorida jarimaga tortdi”, — deyiladi xabarda.
Kampos Mello o‘zining Twitter sahifasida sud qarorini barcha ayollar uchun g‘alaba deb atadi.
Justiça condena Bolsonaro a indenizar repórter da Folha por danos morais - Juíza considerou que presidente é culpado por realizar ofensas de cunho sexual contra Patrícia Campos Mello - decisão, em primeira instância, é vitória pra todas nós, mulheres https://t.co/8wYgYgW8Fd
— Patricia Campos Mello (@camposmello) March 27, 2021
OAVning ta’kidlashicha, Bolsonaru bir necha bor OAV vakillariga nisbatan dushmanlik kayfiyatini namoyish etgan. Avvalroq u berilgan noqulay savol uchun jurnalist bilan urishib ketishiga oz qolgan.
Avvalroq Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha jurnalistlarga qo‘l uchun dezinfeksiyalovchi vositani sepib yuborgani haqida xabar berilgan edi. Ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasidagi ehtimoliy kadrlar almashinuvi haqidagi savollar vazirni shunday harakatga undagan.
Izoh (0)