Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush JCh—2022 saralashi 2-turi doirasida o‘tkazilgan Serbiyaga qarshi o‘yindagi (2:2) bahsli holatga o‘z munosabatini bildirdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images
Men natijani tushuntirib berolmayman. Serb jamoasini yaxshi o‘rganib chiqdik. Biz ular bilan qanday o‘ynashni bilardik, buni birinchi bo‘limda namoyish ham etdik. Biz uchrashuv paytida ularning o‘zgarishi mumkinligini bilar edik va shunga moslashishimiz lozim edi. Serblar ikkinchi bo‘limni yaxshi boshladi va gol urdi. Shundan so‘ng raqib hisobni tenglashtirdi, ammo biz to‘xtab qolmadik va yana vaziyatlar yaratdik.

Agar Ronalduning goli hisoblanganida, adolatdan bo‘lar edi. Albatta, bu bizning yetarli darajada yaxshi o‘ynay olmaganimizni qoplay olmaydi. Ammo agar to‘p darvozaga kirdimi, demak u hisoblanishi kerak. O‘yin oxirida hakam nima bo‘lganini ko‘rdi va xatoga yo‘l qo‘ygani uchun yonimga kelib, uzr so‘radi.

Fernandu Santush, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, Serbiya — Portugaliya o‘yinining ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Krishtianu Ronalduning zarbasi darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi. Ammo uchrashuvni boshqarib borgan niderlandiyalik hakamlar golni inobatga olmadi. Ushbu bahsda VAR va golni aniqlash tizimidan foydalanilmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi