Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2021-yil 4-mart holatiga ko‘ra, koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Vazirlik xabariga ko‘ra, 3-mart kuni 135 kishi:

  • Qoraqalpog‘istonda 13 nafar;
  • Andijon viloyatida 6 nafar;
  • Namangan viloyatida 26 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 4 nafar;
  • Xorazm viloyatida 4 nafar;
  • Toshkent viloyatida 25 nafar;
  • Toshkent shahrida 57 nafar bemor tuzalib, kasallikdan jami sog‘ayganlar 78722 nafarga yetgan.
Mamlakatda yana 46 kishida koronavirus aniqlanib, kasallik qayd etilganlar soni 80 081 nafarni tashkil qildi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Andijon viloyatida;
  • 8 nafari Toshkent viloyatida;
  • 36 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 737 nafar bemordan 146 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq O‘zbekiston chegarasini ikki oyda 378 mingdan ortiq yo‘lovchi kesib o‘tgani, ularning 173 nafarida koronavirus tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi