Xitoy hukumati iyun oyining oxirigacha aholining yarim milliarddan ortig‘ini vaksinatsiya qilishni rejalashtiryapti. Bu haqda Sinxua universiteti va Amerikaning Brukings instituti tomonidan tashkil qilingan seminarda xitoylik epidemiolog Chjun Nanshan aytib o‘tdi, deb “Lenta.ru” xabar berdi.
Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, Xitoy sog‘liqni saqlash tizimi manbasi iyulga qadar mamlakatda emlanganlar sonini 40 foizga yetkazishni rejalashtirayotganini aytgan. Bu taxminan 548 million kishini tashkil qiladi.
Nanshanning aytishicha, hozir Xitoyda aholining 3,5 foizi, ya‘ni 51 million kishi emlangan, ommaviy immunitetga erishish uchun esa Xitoy hukumatiga taxminan uch yil kerak bo‘ladi.
Avvalroq Xitoy Afg‘onistonga 400 ming doza koronavirusga qarshi vaksina berishi haqida xabar berilgan edi.