Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 29-tur ko‘chirilgan uchrashuvida “Manchester Siti” 2-mart, seshanba kuni o‘z uyida “Vulverhempton”ni qabul qildi.
Uchrashuvda dastlabki golni “bo‘rilar” o‘z darvozasiga urdi. 15-daqiqada Leander Dendonker avtogol muallifiga aylandi. 61-daqiqada Konor Koudi muvozanatni tikladi. 80-daqiqaga kelib Gabriel Jezus “shaharliklar”ni yana hisobda oldinga olib o‘tdi. 90-daqiqada esa Riyod Mahrez jamosining uchinchi golini kiritdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Gabriel Jezus o‘z dublini rasmiylashtirdi va hisob 4:1 ko‘rinishiga keldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Pep Gvardiola shogirdlarining ochkolari 65 taga yetdi va ular turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoaning eng yaqin ta’qibchisi — “Manchester Yunayted”da 50 ochko bor. “Vulverhempton” esa 34 ochko bilan 12-o‘ringa joylashgan.
APL
29-tur bahsi
2-mart, seshanba
“Manchester Siti”—“Vulverhempton” 4:1
Gollar: 1:0 – 15, avtogol Dendonker, 1:1 – 61 Koudi, 2:1 – 80 Gabriel Jezus, 3:1 – 90 Mahrez, 4:1 – 90 Gabriel Jezus.
“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Joau Kanselu, Ruben Diash, Lyaport, de Bryuyne, Bernardu Silva (Gundo‘g‘an, 82), Sterling, Rodri, Mahrez, Gabriel Jezus.
“Vulverhempton”: Ruy Patrisiu, Semedu, Kastro (Fabiu Silva, 55), Huver, Saiss, Ruben Nevesh (Otasoui, 90), Dendonker, Traore, Moutinyu, Netu, Koudi.
Ogohlantirish: Netu (71).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!