Bayramona tortni, albatta, tayyorlab ko‘ring. Sovg‘a uchun eng ajoyib tanlov bo‘lishi shubhasiz.
Kerakli mahsulotlar:
- sariyog‘ — 200 gramm;
- tuxum — 2 ta;
- shakar — 150 gramm;
- qatiq — 50 gramm;
- un — 430 gramm;
- tuz — bir chimdim;
- razrixlitel — 1 choy qoshiq.
- smetana — 600 gramm;
- smetana uchun quyuqlashtiruvchi — 16 gramm;
- shakar — 2—3 osh qoshiq;
- qaymoq 33 foizli — 200 ml;
- shakar upasi — 1-2 osh qoshiq.
- bezak uchun meva va shirinliklar.
- Tuxum, tuz va shakar mikserdan o‘tkaziladi. Ustidan smetana va sariyog‘ qo‘shib, bir xil massa bo‘lgunga qadar aralashtiriladi.
- Un elakdan o‘tkazilib, razrixlitel bilan aralashtiriladi.
- Tuxumli aralashmaga oz-ozdan un solinib, sekin aralashtiriladi. Xamir uchta teng qismga ajratilib, 2 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
- Oddiy A4 varag‘idan 8 shakli kesib olinadi.
- Muzlatkichdagi xamir olinib, yupqa yoyiladi va yana 10 daqiqaga qoldiriladi.
- So‘ngra xamirning barchasidan 8 raqami kesib olinadi.
- Raqamli xamirlar 5—7 daqiqa davomida 180 darajada pishirib olinadi.
- Xamirlarning barchasi sovitishga qo‘yiladi.
- Mikser yordamida smetana va quyultirgich aralashtiriladi. Ustidan shakar qo‘shilib, mikser qilishda davom etiladi.
- Qaymoq ham biroz muzlatkichda sovutilib, so‘ngra quyuqlashguncha mikser qilinadi. Ustiga oz-ozdan shakar upasi solinib, aralashtiriladi.
- Qaymoqqa smetanali aralashma qismlab solinib, 10 soniyadan mikser qilinadi.
- 8 raqamli xamirlar orasiga qandolat qopchasi yordamida krem surtilib, qavatlar hosil qilinadi. Muzlatkichga 10—12 soatga qo‘yiladi.
- So‘ngra tort yuzasi meva va shirinliklar bilan bezatiladi.