Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 25-turidan o‘rin olgan bahsda “Chelsi” va “Sauthempton” o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuv to‘liq “Chelsi”ning nazoratida o‘tgan bo‘lsa ham bu hisobda o‘z aksini topmadi. Dastlab 33-daqiqada “Sauthempton”ning “Liverpul”dan ijaraga olingan yarim himoyachisi Takumi Minamino jamoasini oldinga olib chiqdi. Ushbu golga “aristokratlar” 54-daqiqada Meyson Mauntning penaltidan urgan goli bilan javob berdi. Qolgan vaqt davomida darvozalarga to‘p kiritilmadi.
Ushbu durangdan so‘ng ochkolari sonini 43 taga yetkazgan Tomas Tuxel shogirdlari musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Avliyolar” o‘zining 30 ochkosi bilan 13-o‘rinni band qilib turibdi.
APL
25-tur bahsi
20-fevral, shanba
“Sauthempton”—“Chelsi” 1:1
Gollar: 1:0 – 33 Minamino, 1:1 – 54, penalti Maunt.
“Sauthempton”: Makkarti, Bednarek, Bertran, Salisu, Vestergor, Jenepo, Romeu, Redmond (Nlundulu, 90), Uord-Prouz, Minamino (Tella, 76), Ingz (Adams, 85).
“Chelsi”: Mendi, Jeyms, Zuma, Aspilikueta, Alonso, Kovachich (Jorjinyo, 76), Kante, Maunt, Ryudiger, Abraham (Hadson-Odoi, 46; Ziyosh, 76), Verner.
Ogohlantirishlar: Alonso (80), Makkarti (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)