Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida davlat rahbarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston aholisini emlash jarayonining birinchi bosqichida 1 millionta vaksina olib kelish rejalashtirilgan.

Foto: Forbes

Foto: Forbes

“Alisher Burxonovich 1 millionta vaksinadan 500 mingini o‘zimning hisobimdan olib beraman, dedi. ‘Men Namanganni yaxshi ko‘raman, birinchi 50 mingini ularga bering’, deb iltimos qildi. Bu emlash masalasini ham ko‘rib chiqyapmiz”, — dedi davlat rahbari.

Avvalroq O‘zbekistonda dastlabki bosqichda 50 mingga yaqin kishi COVID-19’ga qarshi emlanishi ma’lum qilgandi. Moliya vaziri Timur Ishmetov esa 2021-yilda O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksina sotib olish xarajatlari uchun 3 trillion so‘m ajratishini bildirgan. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan fuqarolar soni 4 milliondan ortiqni tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi