Olimlarning aniqlashicha, koronavirusning yangi shtammlari paydo bo‘layotgani sababli ularga qarshi har yili vaksina qabul qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu haqda Johnson & Johnson korporatsiyasi bosh direktori Aleks Gorskiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Foto: “Myseldon.com”

Uning so‘zlariga ko‘ra, virusdagi o‘zgarishlar vaksinalarning samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin. “O‘ylaymanki, ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, kelgusi bir necha yil davomida biz grippga qarshi emlagandek koronavirusga ham qarshi emlaymiz. Ushbu emlashlar nimalarni o‘z ichiga olishini hali bilmaymiz”, — dedi Gorski CNBC efirida.

5-fevral kuni Johnson & Johnson AQShning oziq-ovqat va dori-darmon vositalari sifati masalalari bo‘yicha boshqarmasiga mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinasini favqulodda tasdiqlash uchun murojaat qildi. Yanvar oxirida kompaniya o‘z preparatining samaradorligi haqida hisobot berdi. Unga ko‘ra, vaksina samaradorligi 72 foizni tashkil qildi. Hozir AQShda Pfizer/BioNTech va Moderna kompaniyalari vaksinalarida foydalanishga ruxsat berilgan.