Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqda o‘chirilishi kerak bo‘lgan COVID-19 haqidagi yolg‘on ma’lumotlar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning internet blogiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Qaror yetakchi tibbiyot tashkilotlari, shu jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilindi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq koronavirusga qarshi vaksinatsiya haqida ishonchli ma’lumotlar berilgan postlarni ommalashtiradi.
Facebook va Instagram tarmoqlarida o‘chirilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar:
- COVID-19 inson qo‘li bilan yaratilgan;
- vaksinalar mo‘ljallangan kasalliklarga qarshi kurashishda samarasiz;
- kasallik vaksinadan xavfsizroq;
- vaksinalar zaharli, xavfli va autizmni chaqiruvchi.
Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshidan buyon 106,4 million odam COVID-19 virusiga chalingan. Ularning 2,3 millioni virus qurboniga aylangan bo‘lsa, 59,3 millioni sog‘ayib ketdi.
Izoh (0)