Fransiyaning Grass shahrida britaniyalik millioner Patrik Diter 64 million dollarlik uy qurdi, lekin endi uni sud qarori bilan buzishga majbur. Bu haqda The Insider ma’lumotlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Fransiya Oliy sudi qasrning qo‘riqlanayotgan o‘rmon hududida hech qanday ruxsatsiz qurilgani uchun uni buzish to‘g‘risida qaror chiqargan. Sud qarorini ijro etish uchun Diterga 18 oy muhlat berildi.
Shu bilan birga, uy egasi 2016- va 2017-yillardagi sud eshituvlarida qo‘rg‘onni qurish uchun ruxsat so‘rashni unutgani va qurilishni to‘xtatish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni e’tiborsiz qoldirganini tan oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, qasr qurilishi 2000-yildan 2011-yilgacha olib borilgan. Uning hududida bir nechta dam olish joylari, kutubxona, XV asrga mansub kamin, vino saqlanadigan omborxona va italyan bog‘iga qaragan oshxona bor. Uy 36 nafar mehmonga mo‘ljallangan.
Izoh (0)