1968-yil 31-yanvar kuni Nauru orol davlati o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi. “Daryo” sana munosabati bilan Tinch okeanida joylashgan mazkur davlat haqida hikoya qiladi.
Mazkur davlatning mustamlakaga aylantirilishidan oldingi tarixi haqida deyarli ma’lumotlar uchramaydi. Sababi esa arxeologik ma’lumotlarning yetishmasligidir. Aholisining kelib chiqishi haqida esa turli taxminlar mavjud. Ba’zilar ularni mikroneziyaliklarga taqasa, boshqalar polineziyaliklarga bog‘laydi.
Mazkur orol davlat 1798-yil 8-noyabr kuni inglizlar tomonidan kashf etilgan. Uning maydoni 21 km kvadratni tashkil qiladi. Nauru bir necha marta turli xil davlatlarning mustamlakasiga aylangan. 1888-yil Germaniya, 1920-yil Avstraliya, 1942-yil Yaponiya, 1947-yil yana Avstraliya mustamlakasi bo‘lgan Nauru 1968-yil mustaqillikni qo‘lga kiritgan hamda 1999-yildan buyon BMT a’zosi hisoblanadi.
Nauru atrofidagi orollardan va quruqliklardan ancha uzoqda joylashgan bo‘lib, unga eng yaqin orol Kiribati bo‘lib, 306km uzoqlikda joylashgan. Shimolda Marshal orollari, sharqda Kiribati, janubi-sharqda Tuvalu, janubda Sulaymon orollari, janubi-g‘arbda Papuaziya, shimoli-g‘arbda Mikroneziya federatsiyasi bilan qo‘shni hisoblanadi.
Mamlakatning yagona iqtisodiy foyda keltiradigan sohasi fosfat qazib chiqarish hisoblanadi. Orol fosfat konlariga boy hisoblanadi. Aholisi 13 ming kishidan ortiq bo‘lib nauruliklar deb nomlanadi.
Quyida mazkur davlat hayotini, uning xalqini o‘zida aks etgan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh (0)