Ortiqcha vazn bilan birga ko‘pchilikda depressiya, tushkunlikka tushish va salomatlik bilan boshqa muammolar kuzatilishi mumkin. Ammo quyida nomi keltirilgan kishilar vazni haddan ortiq darajada og‘ir ekaniga qaramasdan, ozishga kuch topa olgan.

Jon Brauer Minnok — 419 kg vazn yo‘qotgan

Foto: “Domashniy ochag”

1941-yilda dunyoga kelgan Jon bolaligidan ortiqcha vazndan aziyat chekkan. 12 yoshida bo‘yining uzunligi 170 sm, vazni esa 133 kg, 22 yoshida vazni 230 kg, bo‘yi esa 185 sm bo‘lgan. Yildan yilga semira boshlagan Jon 36 yoshida yurak va nafas yetishmovchiligidan shifoxonaga yotqizilgan. Uni shifoxonaga olib borish uchun 10 nafar o‘t o‘chirish mashinasi va 13 ta odam yordami kerak bo‘lgan. Vazni 635 kg bo‘lgan Minnok Ginnesning rekordlar kitobiga eng og‘ir vaznli odam sifatida kiritilgan. Aynan shu yili vazni 50 kg bo‘lgan Jannett ismli qizga uylanib barchani lol qoldirgan. Minnokning vazn tashlashiga ovqat yemay qo‘ygani sabab bo‘lgan. Uning organizmida suyuqlik hujayradan tashqarida yig‘ilib, haddan ortiq to‘plangan va endokrinolog Robert Shvarts uning tanasining 408 kilosi to‘plangan suyuqlikdan iborat bo‘lganini ma’lum qilgan. 16 oy davomida shifoxonada bo‘lgan Jon qattiq parhez tutib, 419 kg yo‘qotgan. 216 kg bo‘lgani uni qutqara olmagan, u 41 yoshida vafot etgan.

Xalid ibn Muxsen Sharri — 542 kg yo‘qotgan

Foto: “Domashniy ochag”

Ozish bo‘yicha Minnokning rekordini yangilagan Shaari 1991-yilda Saudiya Arabistonining janubiy viloyatida dunyoga kelgan. Vazni 610 kg bo‘lgan Xalidga qirol Abdulla Ar-Riyodda davolanish kursini o‘tashi kerakligini aytgan. Qirolning shaxsiy farmoyishiga asosan Xalid 2013-yilda shifoxonaga maxsus samolyotda o‘nlab tibbiyot xodimlari, harbiy xodim va politsiyachilar nazorati ostida olib borilgan.

Foto: “Domashniy ochag”

Uni uyidan olib chiqish uchun xodimlar uy devorini buzishiga va AQShdan maxsus krovat keltirilishiga to‘g‘ri kelgan. Operatsiya davomida Xalidning qornidan 80 kg yog‘ olib tashlangan. Uzoq davolanish jarayonida esa 542 kg vazn yo‘qotgan. 2016-yilda o‘zi mustaqil oyoqqa tura olgan Xalidning vazni ko‘payishining sababi taom bilan emas, og‘ir kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan.

Manuel Uribe Garsa — 230 kg vazn yo‘qotgan

Foto: “Domashniy ochag”

1965-yil Meksikada dunyoga kelgan Manuel maksimal 597 kilo vaznga ega bo‘lganidan keyin 2001-yilda o‘rnidan turolmay qolgan. Shundan keyin mutaxassislarga murojaat qilgan va parhez tutishga qaror qilgan. Bari Sirsa unga mutaxassislik qila boshlagan. Parhez sabab Uribe 230 kg vazn yo‘qotgan. Shunga qaramasdan, 2014-yilda jigar yetishmovchiligi sabab vafot etgan.

Rozalin Bedford — 416 kg vazn yo‘qotgan

Foto: “Domashniy ochag”

Rozalin vazn yo‘qotish bo‘yicha ayollar orasida rekord qo‘ygan. Bredfordning vazni o‘n to‘rt yoshida 92, o‘n besh yoshida  esa 140 kg bo‘lgan. Turmushga chiqib farzandli bo‘lganidan keyin ishtahasi ham vazni ham orta boshlagan. Bir qancha parhezga amal qilganiga qaramay, natija ijobiy bo‘lmagan. Qonida infeksiya borligi uni shifoxonaga yotishga majbur qilgan, yotoq rejimi esa uning vazni yanada ortishiga sabab bo‘lgan. 8 yil davomida harakatlana olmagan ayol 1987-yilda 540 kg bo‘lgan. Qattiq depressiyaga tushgan Rozalin o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Shundan keyin do‘sti uni ozish bo‘yicha mutaxassis Richard Simmons bilan bog‘lanishga ko‘ndirgan. U bir yildan keyin 190 kilo, keyinchalik esa 230 kilo yo‘qotgan. Bir necha yil davomida umumiy 416 kilo yo‘qotgan Bredford 2006-yilda 63 yoshda vafot etgan.