11-yanvardan poytaxtimizning Yoshlar ijod saroyida kutilmagan konsert dasturlari, katta premyeralar, yangi kinoloyihalarga bag‘ishlangan “O‘zbek milliy kino san’ati haftaligi" ish boshladi. “O‘zbekkino” milliy agentligi tashabbusi bilan yangi yil boshidan start olgan mazkur haftalik o‘zbek kinosi ixlosmandlari uchun yorqin taassurotlarga boy o‘tmoqda.

Yuqori darajada tashkillashtirilgan haftalikning birinchi va ikkinchi kunlarida “Men terrorchi emasman”, “Sumbul” filmlarining katta ekrandagi ilk premyeralari, Shou-biznes vakillari hamda taniqli aktyor va aktrisalar uchun “qizil yo‘lakcha”, kastinglar, mahorat darslari, kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

Kino haftalikning uchinchi kuni real voqealarga asoslangan “Men terrorchi emasman” harbiy dramasining ijodkorlari bilan maxsus brifing bilan boshlandi. Unda ijodiy guruh o‘tkir sujetli mazkur filmning suratga olish jarayonlari, syomka vaqtida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, tasvirga olish obyektlari, rekvizitlar haqida ekskulyuziv tarzda ma’lumotlar berishdi.

Kun davomida Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, o‘zbek tomoshabinlariga “Baron” filmi bilan yaxshi tanilgan mahoratli aktyor Farhod Mahmudov, taniqli kinorejissyor Ali Hamroyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Seydulla Moldaxanov va mahoratli rejissor Ayub Shahobiddinovlar ishtirokida yosh kinoijodkorlar uchun mahorat darslarining bo‘lib o‘tgani yosh kinoijodkorlarda iliq taassurot qoldirdi.

Yangi premyeralar bilan boshlangan haftalikning uchinchi kunida ham yana bir film namoyishi bo‘lib o‘tadi. Bu yosh rejissor Zohid Zokirov tomonidan suratga olingan “Millioner Jonibek” badiiy filmi bo‘lib, unda Jonibek ismli yigitning bir qizga oshiq bo‘lishi, omadini sinab ko‘rish maqsadida shaharga kelib, u yerda qiziqarli va kutilmagan sarguzashtlarni boshidan kechirishi haqida hikoya qilinadi.

Shuningdek, kunning eng muhim yangiliklaridan biri bugun poytaxtda Riviera kinoteatrining ochilish marosimi ham o‘tkaziladi. Ochilish marosimidan keyin “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmining rus tilidagi namoyishi kino ixlosmandlari e’tiboriga havola etiladi.

Tashrif buyuruvchilarda o‘zgacha taassurot qoldirayotgan kino haftalikning qolgan ikki kuni ham yorqin lahzalarga boy o‘tishi kutilmoqda. Haftalikning qolgan kunlari hujjatli filmlar, Toshkent xalqaro kinofestivalining qayta tiklash hamda “Debyut” yosh kinoijodkorlar festivallari, Shuhrat Abbosovning 90 yillik yubileyiga bag‘ishlanadi.

Kino haftalikning uchinchi kuni real voqealarga asoslangan “Men terrorchi emasman” harbiy dramasining ijodkorlari bilan maxsus brifing bilan boshlandi. Unda ijodiy guruh o‘tkir sujetli mazkur filmning suratga olish jarayonlari, syomka vaqtida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, tasvirga olish obyektlari, rekvizitlar haqida ekskulyuziv tarzda ma’lumotlar berishdi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan kino haftalik yilning eng shov-shuvli voqealaridan biriga aylanishi tabiiy. Bunga esa Yoshlar ijod saroyidagi kino muhiti yaqqol misol bo‘la oladi.

Reklama huquqi asosida.