Turkiyaning taniqli aktrisasi Nur Fettaho‘g‘lu turmush o‘rtog‘i va qizi bilan birgalikda Istanbuldagi hashamatli uylarning birida istiqomat qiladi. Aktrisa tez-tez o‘z uyida tushgan suratlari bilan bo‘lishib turgani uchun ham muxlislar uyning interyer dizayni bilan yaqindan tanishib chiqishi mumkin.

Foto: StarHit

40 yoshni qarshi olgan Nur har tomonlama o‘ralgan keng uyda yashaydi. Uyning barcha xonalari deyarli neytral rangda bo‘lib, ular orasida oq rang ustunlik qilganini ko‘rish mumkin. Aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i ham minimalizm tarafdorlari bo‘lgani uchun u yerda yorqin rangli mebel yoki g‘ayrioddiy bezaklarni uchratish qiyin.

Foto: StarHit

Uyning markazi keng xonadan iborat bo‘lib, aktrisa u yerga qizi Eliza bilan bezatgan bayram archasini joylashtirgan. Aytgancha, Eliza bu yil 5 yoshni qarshi oladi.

Foto: StarHit

Uy markazidagi katta xona orqali aktrisa sport bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radigan bog‘ga chiqish mumkin. Uyning ushbu qismi aktrisaning suratga tushadigan sevimli joyi hisoblanadi.

Foto: StarHit

Bog‘ kreslolar, katta hovuz va gullar bilan yanada o‘zgacha ko‘rinishga kelgan bo‘lib, bu yerda oila ko‘pincha osuda oqshomda hordiq chiqaradi. Shuningdek, quyosh botishini ham kuzatadi.

Foto: StarHit

Aktrisa qizining xonasiga o‘zi bezak berishga harakat qilmoqda.

Foto: StarHit

Muxlislarning hammasi ham Nurning aktrisalikdan tashqari musiqaga ixlosi o‘zgachaligidan xabari bo‘lmasa kerak. Shuning uchun ham u pianino uchun uyidan alohida joy ajratgan. U ko‘pincha qizi bilan birgalik pianino jo‘rligida qo‘shiq kuylaydi. Bundan tashqari, uyda dunyoning turli burchaklaridan olib kelingan kitob va esdalik sovg‘alar mavjud.

Foto: StarHit

Suratga olish ishlaridan bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanuvchi aktrisaning uyida bir necha uslubda jihozlangan yotoqxonalar mavjud.

Foto: StarHit

Aktrisaning turmush o‘rtog‘i tadbirkor Levent Vaziro‘g‘lu bilan munosabatlari har doim ham bir tekisda ketmagan. Hattoki 2015-yilda kelishmovchiliklar tufayli ajrashgan va yana bir necha oydan so‘ng bir oila bo‘lishga qaror qilgan.