Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 14-turida “Atletiko” 19-dekabr, shanba kuni “Elche”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvning 41-daqiqasida Luis Suares madridliklarni oldinga olib chiqdi. Urugvaylik futbolchi ikkinchi bo‘lim debyutida ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Bunga mehmonlar 64-daqiqada Lukas Boyening goli bilan javob qaytardi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida maydon egalari penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 11 metrlik jarima zarbasini Diyego Kosta muvaffaqiyatli ijro etdi.

Bu g‘alabadan keyin “Atletiko”ning ochkolari 29 taga yetdi. Musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan Diyego Simeone shogirdlarida ikkita zaxira o‘yini bor.

La Liga

14-tur bahsi

19-dekabr, shanba

“Atletiko” — “Elche” 3:1

Gollar: 1:0 – 41 Suares, 2:0 – 58 Suares, 2:1 – 64 Boye, 3:1 – 80, penalti Diyego Kosta.

“Atletiko”: Oblak, Ermoso, Savich, Trippyer, Lodi, Koke (Felipe, 87), Karrasko (Saul, 66), Lyorente, Lemar (Korrea, 66), Joau Feliks (Diyego Kosta, 73), Suares (Kondogbia, 74).

“Elche”: Badiya, Verdu, Xosema, Barragan, Donald (Sanches Mino, 46), Xosan (Rigoni, 46), Guti (Nino, 81), Fidel, Markone, Morente, Boye.

Ogohlantirishlar: Verdu (14), Ermoso (40), Markone (79).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?