Rossiya poytaxti Moskvada 14-dekabrdan COVID-19’ga qarshi vaksina olishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxati kengaytiriladi. Moskva meri Sergey Sobyaninning ma’lum qilishicha, endi davlat xizmatlari markazlari, madaniyat sohasi xodimlari, shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari ham koronavirusga qarshi emlanishi mumkin. Bu haqda Meduza xabar berdi.
“Ish yuzasidan ular millionlab odamlar bilan muloqotda bo‘ladi, o‘zini xatarga qo‘yadi, kasallanganda esa atrofdagilar uchun xavf tug‘diradi”, — deyiladi Sobyaninning saytida.
Moskvada emlash markazlari 5-dekabrdan ochildi. Vaksinani qabul qilish imkoniyatiga dastlab ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy soha xodimlari ega bo‘ldi.
10-dekabr kuni Sergey Sobyanin besh kun ichida olti ming kishi emlangan, yana 20 ming kishi emlanish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.
Avvalroq Sergey Sobyanin shahar aholisining 7 million nafari COVID-19’ga qarshi emlanishi kerakligini aytgandi.