AQSh Oliy sudi Texas shtati prokurori tomonidan prezidentlik saylovi natijalarini to‘rtta shtat — Jorjiya, Michigan, Viskonsin va Pensilvaniyada haqqoniy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vosini rad etdi, deb xabar beradi CNN.
Texas prokurori o‘z da’vo arizasida ushbu shtatlar byulletenlarni qayta ishlash qoidalarini buzganligini, bu esa ommaviy soxtalashtirishga olib kelgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Mazkur shtatlarning barchasida Jo Bayden kichik farq bilan g‘alaba qozongan.
Oliy sudning hisoblashicha, Texas o‘z da’vosida “bosh shtatlarda saylovlar o‘tkazishning yuridik asosga ega manfaatlarini” keltirib bera olmagan.
Texas da’vosini gubernatorlari respublikachilar hisoblangan 17 ta shtat, shuningdek, amaldagi prezident Donald Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Mavzuga doir:
Dekabr boshida Tramp saylovlar halol bo‘lgan taqdirdagina mag‘lubiyatini tan olishini bildirgandi. “Men saylovda mag‘lub bo‘lishga qarshi emas, lekin u adolatli bo‘lishini xohlayman. Istamaydigan narsam shuki, saylovlar Amerika xalqidan o‘g‘irlab olinmasin”, — dedi Tramp. Keyinroq AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp 2024-yilda davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligini bildirdi.