O'zb
(Ўзб)Ўзбекча
(Рус)Русский
(Eng)English
Til
O'zb
(Ўзб)Ўзбекча
(Рус)Русский
(Eng)English
logo
  • Mahalliy
  • Markaziy Osiyo
  • Dunyo
  • Pul
  • Madaniyat
  • Layfstayl
  • Sport
  • Kolumnistlar
  • Multimedia
Menyu
Til
O'zb
(O'zb)O'zbekcha
(Ўзб)Ўзбекча
(Рус)Русский
(Eng)English
So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan Multimedia Kolumnistlar
  • Mahalliy
  • Markaziy Osiyo
  • Dunyo
  • Pul
  • Madaniyat
  • Layfstayl
  • Sport
  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44
  • Google play
  • App Store
  • Telegram
DARYO
  • Internet-nashr
  • Tahririyat haqida
  • Aloqa ma'lumotlari
  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati
  • Yangiliklar arxivi
REKLAMA
Ijtimoiy tarmoqlar
  • Instagram | Rasmiy
  • Instagram | Lifestyle
  • Instagram | Sport
  • Facebook | Rasmiy
  • OK | Rasmiy
  • YouTube
Telegram-kanallar
  • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
  • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
  • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
  • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
  • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
  • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar
  • Toshkentda
    +24°C
    • Andijon
    • Qarshi
    • Buxoro
    • Samarqand
    • Farg‘ona
    • Sirdaryo
    • Jizzax
    • Termiz
    • Namangan
    • Toshkent
    • Navoiy
    • Toshkent vil
    • Nukus
    • Urganch
Bugun,

  • Toshkentda
    +24°C
    • Andijon
    • Qarshi
    • Buxoro
    • Samarqand
    • Farg‘ona
    • Sirdaryo
    • Jizzax
    • Termiz
    • Namangan
    • Toshkent
    • Navoiy
    • Toshkent vil
    • Nukus
    • Urganch
  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44
  • Google play
  • App Store
  • Telegram
So‘nggi yangiliklarga o‘tish
  • Bugun, 12:55
    Davlat soliq qo‘mitasi yer va mol-mulk solig‘i haqida yuborilayotgan xabarnomalar bo‘yicha izoh berdi
  • Bugun, 12:36
    Ikki rekord va bir nechta tarixiy natija. “Barselona” g‘alabali yurishini davom ettirmoqda
  • Bugun, 12:15
    Namanganda fuqarolardan qarz evaziga asossiz foiz talab qilib, ularning mulklarini o‘zlashtirgan erkak qo‘lga olindi
  • Bugun, 11:50
    “O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
  • Bugun, 11:30
    Ozoda Nursaidovadan Jaloliddin Ahmadaliyevgacha: “Xalqlar do‘stligi”da o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?
  • Bugun, 11:08
    Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda
  • Bugun, 11:05
    Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
  • Bugun, 10:46
    O‘zbekistondagi maktablarda ispan tilini o‘qitish bo‘yicha dasturlar joriy qilinadi
  • Bugun, 10:22
    Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
  • Bugun, 09:45
    Kollagen ichish organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Mutaxassis javob beradi
Salomatlik
04.12.2020, 11:47
13676

Koronavirus antitanalari: Qachon shakllanadi va qanchagacha himoya qila oladi?

2020-yilda eng dolzarb va yosh-u qarini o‘yga solgan savollar koronavirus bilan bog‘liq. Butun dunyo aholisini COVID-19 vaksinasi va kasallanganlarda antitanalar qayta kasallanmaslikdan himoya qilishi mumkin yoki yo‘qligi bilan bog‘liq ma’lumotlar qiziqtirayotgani ham yangilik emas. Olim va mutaxassislar aniq bir to‘xtamga kelmagani bilan ehtimoli yuqori bo‘lgan ma’lumotlar yo‘q emas va ular haqida bilib qo‘yish zarar qilmaydi.

Foto: Freepik

Foto: Freepik

COVID-19 immuniteti qancha vaqt mavjud bo‘ladi?

JSST ma’lumotlariga qaraganda, koronavirus yuqtirganlarning 80 foizida kasallik yengil yoki simptomsiz o‘tgan, ammo bu antitanalar ishlab chiqarilishiga ta’sir qilmagan. 2020-yilning bahorida shifokorlar organizmda immunitet paydo bo‘lish yoki yo‘qligi haqida bir narsa deyolmagan bo‘lsa, kuz fasliga kelib antitanalar bo‘lishi va kasallikdan keyin ishlab chiqarilishi aniq bo‘lgan. Ammo qancha muddat saqlanadi, degan savolga aniq bir javob berib bo‘lmaydi. Chunki bu bir necha omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Birinchidan, 75 yoshdan yuqori bo‘lgan kishilarda antitanalar konsentratsiyasi yoshlarga qaraganda tezroq kamayadi. Ikkinchi omil esa kasallikning og‘irligi bilan bog‘liq. Masalan, koronavirus bilan kasallangan shifokorlarda antitanalar konsentratsiyasi sekin kamaygan va bunga ularning faoliyati davomida doimiy ravishda yangi virus portsiyasi bilan “oziqlangani” sabab bo‘lishi mumkin.

Garvard tibbiyot maktabi va Toronto universiteti olimlari hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, antitanalarning eng ko‘p konsentratsiyasi virus bilan zararlangandan keyingi 2-4 hafta davomida ishlab chiqariladi va taxminan 4 oy himoya qilishi mumkin.

Kasallanganlarning barchasida immunitet shakllanadimi?

Bu borada ham aniq bir ma’lumot aytish qiyin, lekin ba’zi tadqiqot natijalariga ko‘ra hammada ham immunitet shakllanavermaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Masalan, germaniyalik mutaxassislar o‘tkazgan tadqiqotda koronavirusga xos simptomlar kuzatilgan ko‘ngillilar ishtirok etgan bo‘lishiga qaramay, ishtirokchilarning to‘rtdan bir qismida antitanalar aniqlanmagan.

Koronavirus bilan qayta kasallanish mumkinmi?

Qayta kasallanish holatlari ham yo‘q emas, ammo bu birinchi yoki ikkinchi tashxis noto‘g‘ri qo‘yilgani bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Siz koronavirus bilan zararlangan va antitanalar paydo bo‘lganiga qaramay, ehtiyot choralari ko‘rish kerakligini unutmang.

Hujayrali immunitet nima?

Virus bilan kurashishda antitana va T-hujayralar (T-limfositlar) ishtirok etadi. T-limfositlarning umri uzoqroq ekani sabab so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, koronavirusga immunitet shakllanishida mazkur hujayralarning roli antitanalardan ko‘proq deb xulosa qilish mumkin. Shuningdek, olimlarning avvalgi shamollash va boshqa virusli kasalliklardan keyin organizmda paydo bo‘lgan T-limfositlar koronavirusdan qisman himoyalashi mumkin, degan taxminlari ham yo‘q emas. Tabiiyki, u kasallikdan butkul himoya qila olmaydi, ammo kasallikning yengil kechishi va tez sog‘ayish imkonini berishi mumkin.

Koronavirus bilan kasallanmaganlarda ham immunitet bo‘lishi mumkinmi?

Bo‘lishi mumkin, lekin bu siz o‘ylagandek quvonarli holat emas. Gap shundaki, nafaqat virusning o‘zi, balki organizmning kuchli immun javobi ham jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Bu hali fanda aniq isbotlanmagan bo‘lsa ham, olimlar avvalgi virusli infeksion kasalliklarga javob tarzida organizmda shakllangan T-hujayralar organizmning immun reaksiyasini tezlashtirib yuboradigan va jiddiy asoratlarga sabab bo‘ladigan trigger bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilgan.

Mavzuga doir:

  • Koronavirus bilan qayta kasallanish mumkinmi va buning oldini olish uchun nima qilish kerak?
  • Koronavirusni yuqtirganlar uchun nafas mashqlari: Qanday qilinadi, nima mumkin emas?
  • Bo‘lgansiz-u, payqamagansiz: Koronavirusni boshdan kechirganingizni bildiruvchi 7 belgi
  • Koronavirus parhezi: kasallikka chalinganda voz kechish kerak bo‘lgan 6 ta mahsulot
  • Inson koronavirusni boshdan kechirib, buni o‘zi sezmay qolishi mumkinmi?
  • Koronavirusga chalingan insonning organizmida qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Izoh(0) Biz Telegram’da
Ulashing:
  • Telegram
  • Facebook
  • Twitter
  • Odnoklassniki
Izoh
Kirish

Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Bugun, 11:05
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Bugun, 11:08
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Bugun, 11:50
  • Daryo

    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma'lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
  • REKLAMA

  • Ijtimoiy tarmoqlar

    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube
  • Telegram-kanallar

    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

Yosh bo‘yicha cheklov

Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

Nimani qidiramiz?
Izoh qoldirish uchun quyidagi veb-servislardan foydalangan holda avtorizatsiyadan o‘tishingiz lozim:
Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

Matnda xato topdingizmi?

×

Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.