Avsraliyaning Adelaida shahrida yashaydigan Makkormiklar oilasi uyidan uzoqlashishi bilan koala uy ichidagi Rojdestvo archasi ustiga chiqib oldi. Bu haqda The Guardian xabar berdi, deb yozadi Esquire.

Foto: Esquire

Ma’lum qilinishicha, 2-dekabrda Makkormiklar uydan ketayotganida oxirgi bo‘lib 16 yashar Teyla chiqqan. Avvaliga u eshikni yopgan, chiroqni o‘chirganiga amin bo‘lgan hamda itni tashqarida qoldirgan. Bir necha soatdan keyin uyga qaytgan oila a’zolari koala daraxtni yemoqchi bo‘lgani lekin, uning sun’iyligini bilib yeyishdan to‘xtaganiga guvoh bo‘lgan.

Ular eshik ochiq vaqti koalani uyga kirishga ulgurgan, deb o‘ylamoqda. Teyla koalaga Dafna deb laqab qo‘ygan va uning surat va videolarini ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Tanishlari hayvonning haqiqiy ekaniga ishonmagani sabab Teyla koalaning ko‘zlarini pirpiratgani tasvirlangan video lavha bilan bo‘lishgan.

Avvaliga bu voqea yuz berganiga ishonmagan mahalliy koala himoya qilish tashkiloti, keyinroq Facebook sahifasida koalaning Amanda Makkormik oilasining xonadoniga kirib archasi ustiga chiqib olgani haqida yozib qoldirgan.

Tashkilot xodimi Di Xirn-Xellonning ma’lum qilishicha, yoshi 3-4 atrofida bo‘lgan koalaning salomatligida muammo bo‘lmagan. Mutaxassis koala daraxtga qiziqqani sabab ham uyga kirib ko‘rgan bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas degan fikrda.