Flagman smartfonlarni o‘ziga xos uslubda bezash bilan tanilgan Rossiyaning Caviar brendi iPhone 12 Pro’ning yangi versiyasini yaratdi. Mualliflar g‘oyasiga ko‘ra, qurilma o‘z egasini yashirin kuzatuvlardan xalos etadi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Caviar

Kompaniyadagilarning ta’rificha “ko‘rinmas” smartfon iPhone 12 Pro Stealth nomini olgan bo‘lib, inglizchadan “yashirin” deya tarjima qilinadi. Smartfon dizaynidan kelib chiqib, nima sababdan bunday nom berilganini tushunish mumkin. Unda yashirin kuzatishlarni amalga oshirish imkonini beradigan kameralar yo‘q. Shu sababli gadjet juda oddiy ko‘rinish olgan — minimalistlar uning qadriga yetishi mumkin.

Foto: Caviar

Kompaniyadagilarning so‘zlariga ko‘ra, gadjet ortiqcha funksiyalarsiz, har qanday vaqtda o‘zini xavfsiz his qiladigan insonlar uchun yaratilgan. Masalan, maxfiy obyektlarda ishlaydigan xodimlar uchun.

iPhone 12 Pro Stealth ikkita modelda taqdim etiladi: ulardan biri toblangan titandan vertikal chiqizlar va mustahkam lazerli qora rang bilan qoplangan bo‘lsa, ikkinchisi — Stealth Gold — tilla rangli o‘ta mustahkam PVD-qoplamaga ega monolit-korpusga ega.

Foto: Caviar

Modellar narxi 299 ming rubldan (3900 dollar) boshlanadi.

Caviar kompaniyasi bunga qadar smartfon-tank — iPhone T-34’ni, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning portreti va imzosi aks ettirilgan iPhone 6s’ni, AQSh prezidenti Donald Tramp sharafiga tilla iPhone 7 kabi noyob modellarni taqdim etgan.