Millionlab mablag‘lar meros bo‘lib qolgan dunyoning eng boy xonimlarining shaxsiy hayot va munosabatlar borasidagi tanlovi qanday bo‘lgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Amanda Xerst va Xoakim Ronning

Foto: Cosmopolitan

Mediamagnat Uilyam Xerstning evarasi 2019-yilda norvegiyalik rejissor Uilyam Xerstga turmushga chiqqan. Ronning “Karib dengizi qaroqchilari”ning so‘nggi filmini, shuningdek, “Malifisenta”ning davomini suratga olgan. Kaliforniyadagi dabdabali to‘yda kelin Oscar de la Renta brendining qimmatbaho libosini kiygan.

Sofya Abramovich va uning sirli yigiti

Foto: Cosmopolitan

Roman Abramovichning Britaniyada yashaydigan 23 yashar qizi Instagram stories’iga yigitining rasmini qo‘yib, super baxtli ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, u havas qilsa arziydigan darajada chiroyli guldastalar tutgancha tushgan surati bilan ham bo‘lishgan.

Delfina Arno va Ksavye Nel

Foto: Cosmopolitan

Louis Vuitton modalar uyi vitse-prezidenti va fransuz milliarderining qizi Alessandro Gancha bilan turmush qurgan va ajrashgan. 2011-yildan boshlab Ksavye bilan yashaydi va 2012-yilda qiz farzandli bo‘lgan.

Bella Xadid va Eybel Tesfaye

Foto: Cosmopolitan

Qurilish sohasidagi magnatlardan biri Muhammad Xadidning qizi reper The Weekend bilan 2015-yildan uchrashishni boshlagan. Ular bir necha marta ajrashgan va qayta yarashib olgan. 2020-yilning mayida qayta topishib olgan juftlik yaqin orada to‘y haqida e’lon qilib qolishi ham mumkin.

Jiji Xadid va Zeyn Malik

Foto: Cosmopolitan

Bellaning opasi Jiji xonanda Zeyn Malik bilan munosabatda bo‘lgan. Ular ham bir ayrilib, bir yarashgan, 2019-yilda topishib olgan juftlik 2020-yilning sentabrida farzandli bo‘lgan.

Nikola Pelts va Bruklin Bekxem

Foto: Cosmopolitan

Amerikalik milliarderning qizi Bekxemning o‘g‘li bilan uchrashadi. Sevishganlar allaqachon unashtirilgan va to‘yni mazkur kuz faslida o‘tkazish rejalashtirilgan, ammo koronavirus sabab kamida 2021-yilning kuziga qoldirilgan.

Sharlotta Kaziragi va Dmitriy Rassam

Foto: Hello

Greys Kreyslining nabirasi 2019-yilda fransuz kinoprodyuseriga turmushga chiqqan. To‘yigacha ikki yil avvaldan uchrashib yurgan juftlik 2018-yilda farzandli bo‘lgan. Ularning har ikkisining ham sobiq sevgilisidan farzandi bor.

Marta Ortega Peres va Karlos Torreta

Foto: Cosmopolitan

Zara modalar uyining merosxo‘ri turmush o‘rtoq sifatida kasting-agenti Karlos Torretani tanlagan. 2016-yilda uchrashishni boshlagan juftlik 2018-yilda turmush qurgan. Kelinning libosini Martaning o‘zi o‘ylab topgan, uni tikishni esa Valentino modalar uyiga ishonib topshirgan.