Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda 16-noyabr kuni koronavirus infeksiyasi oqibatida rasman biror kishi vafot etmadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik matbuot xizmati tomonidan berilgan koronavirus bilan bog‘liq kunlik axborotga ko‘ra, 16-noyabr kuni O‘zbekistonda 201 holatda koronavirus aniqlangan (bu 23-iyundan beri (o‘shanda ham 201 holat aniqlangan) qayd etilgan eng past kasallanish ko‘rsatkichi; kasallanish ko‘rsatkichi 10-noyabrdan buyon muttasil pasayib kelmoqda).

Xuddi shu kuni 208 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, uyiga kuzatilgan; ayni vaqtda kun davomida biror bemor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etmagan. Qayd etish joiz, O‘zbekistonda 3-iyuldan buyon (136 kundan beri) har kuni (uzluksiz) koronavirus infeksiyasi oqibatida kamida bir kishi vafot etayotgani SSV tomonidan e’lon qilinayotgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hisob-kitobiga ko‘ra, 16-noyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 598 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan (lekin vazirlik ro‘yxatidagilarning kamida bir nafari O‘zbekistonda vafot etmagan), ayni vaqtda, “Daryo” nashri 22-sentabrga qadar yuritgan statistikaga ko‘ra, qurbonlar soni kamida 19 nafarga ko‘p (shu munosabat bilan qurbonlar soni 7-noyabr kuni 600 kishidan oshgan, deyish mumkin).

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15-noyabr kuni rasman 70 ming kishidan oshdi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 16-noyabr holatiga ko‘ra mamlakatda 70 444 ta kasallanish holati qayd etilgan (hozirgacha ularning 67 734 nafari (96 foizi) kasallikdan sog‘aygan). Biroq kasallanganlar soni aslida bundan kamida ikki-uch barobar ko‘p bo‘lishi mumkin. Buni, jumladan, SSV huzuridagi shtab a’zolari ham ta’kidlab, tan olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda qancha pedagog faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri
Maslahatlar
Qo‘llardan piyoz, sarimsoq va baliq hidini ketkazishning 10 usuli