Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 29-oktabr kuni mamlakatda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Polsha elchisi Pyotr Ivashkevichni qabul qildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Foto: TIV matbuot xizmati

Foto: TIV matbuot xizmati

Uchrashuvda vazir va elchi O‘zbekiston-Polsha ko‘p qirrali aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilgan. Tomonlar, xususan, madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirishga, xususan, ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirishga qiziqish bildirgan. Hozirda Andijonda Varshava menejment universitetining filialini ochish loyihasini amalga oshirish masalasi ustida ish ketmoqda.

Uchrashuv yakunida Abdulaziz Komilov elchining ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishdagi faoliyatiga yuqori baho berdi.

Pyotr Ivashkevich  2015-yilning dekabridan Polshaning Toshkent shahridagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.

Avvalroq Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi o‘z diplomatik missiyasini yakunlagani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi