Manzarali fotosurat san’atiga bag‘ishlangan Epson International Pano Awards tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. O‘ninchi marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda hakamlar hay’ati 96 mamlakatdan 6 000 ga yaqin ijodiy ishlar ichidan g‘oliblarni saralab oldi.
Yil suratkashi va “Tabiat / Manzara” nominatsiyasi bo‘yicha “Bahoriy uyqu” surati bilan Mett Jekish g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Foto: Epson International Pano Awards
Karlos F.Turienso “Tabiat / Manzara” nominatsiyasida havaskor suratkashlar toifasida ikkinchi o‘rinni oldi.
Foto: Epson International Pano Awards
Kolin Leonxardt “Qo‘l mehnati / Arxitektura” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
Foto: Epson International Pano Awards
Xuan Lopes Ruis “Minoralardagi yorug‘lik va soya” surati bilan “Qo‘l mehnati / Arxitektura” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi.
Foto: Epson International Pano Awards
Rossiyalik Oleg Gaponyulning asari “VR / 360” nominatsiyasi bo‘yicha eng yaxshi surat deb topildi.
Foto: Epson International Pano Awards
Yakushi Nyorayining “84000 tibbiyot buddasi haykali” asari “Qo‘l mehnati / Arxitektura” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Foto: Epson International Pano Awards
Muhammad Rohmanning osoyishtalik aks etgan surati “Tabiat / Manzara” nominatsiyasida yuqori baholandi.
Foto: Epson International Pano Awards
Bleyk Rendall ham “Tabiat / Manzara” nominatsiyasi bo‘yicha yutuqqa erishdi.
Foto: Epson International Pano Awards
Dmitriy Arxipov “Baobablar vodiysi” surati bilan final ishtirokchisiga aylandi.
Foto: Epson International Pano Awards
Arman Sarlang o‘z ishi bilan “Tabiat / Manzara” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
Foto: Epson International Pano Awards
“Yozgi tong” surati muallifi Krishtof Brovko “Tabiat / Manzara” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi.
Foto: Epson International Pano Awards
Jeyson Denning o‘zining ajoyib surati bilan hakamlar hay’atining maqtoviga sazovor bo‘ldi.
Foto: Epson International Pano Awards
“Dengiz gullari” surati muallifi Lin Nguen Xuan “Tabiat / Manzara” turkumining yutug‘iga erishdi.
Foto: Epson International Pano Awards
“Mo‘jizalar mamlakati” surati muallifi Pyotr Chex tanlov g‘olibi deb topildi.
Foto: Epson International Pano Awards
Florian Krixbaumerning Dubay aks etgan surati hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
Foto: Epson International Pano Awards
Andrea Zippianing “Ko‘ldagi aks” asari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Foto: Epson International Pano Awards
Tanlovda Tayler Lekki ham o‘z ijodi bilan g‘oliblikka erishdi.
Foto: Epson International Pano Awards
“Ajdahoning ko‘zi“ surati Manish Mamtaniga tanlov g‘olibligini olib keldi.
Foto: Epson International Pano Awards
Uilyam Lekki ham navbatdagi g‘oliblar qatorida taqdirlandi.
Foto: Epson International Pano Awards
Petro Madashi Fransiyadagi Sent-Shapel ibodatxonasi aks etgan surati uchun tanlov g‘olibiga aylandi.
Foto: Epson International Pano Awards
Di Luning “Tongga yo‘l” surati ham muallifga g‘oliblikni olib keldi.
Foto: Epson International Pano Awards
Mavzuga doir:
- Bahoriy o‘rmon, himoyachi va mayoq dramasi: yilning eng yaxshi manzarali suratlari aniqlandi (foto)
- “So‘nggi luqma”, “Oilaviy portret” “O‘yga tolgan maymun”: Wildlife Photographer of the Year 2020 tanlovi g‘oliblari aniqlandi (foto)
- “O‘ynoqi kit”, “Tropik kelin”, “Muzlagan yurak”: 2020-yilning dronlardan olingan eng yaxshi suratlari e’lon qilindi