Xiaomi kompaniyasi elektr energiyasida ishlaydigan beshta rejim, intellektual ovozli boshqaruv va boshqa ko‘plab funksiyalarga ega 8H Milan “aqlli” karavotini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Xiaomidna

Qurilmaning asosini to‘rt motorli dvigatel tashkil etadi. U matrasning og‘ish darajasini boshqaradi: uning ayrim qismlari ko‘tarilgan vaqtda boshqa tomonlari tushadi. Ushbu yangilik jami beshta rejimda ishlay oladi: uyqu, o‘qish, “antixurrak”, vaznsizlik va TV tomosha qilish rejimlari.

“Aqlli” karavotni masofadan turib boshqaruvchi pult, MIJIA ilovasi yoki XiaoAl ovozli yordamchisi orqali boshqarish mumkin.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, karavot qoplamasiga suv ham qo‘rqinchli emas, prujinali matras esa maxsus qattiq materiallardan ishlangan bo‘lib, tananing turli qismlariga tutib turishga mos keladi. Shu sababli barcha joy va holatda ideal bosim paydo bo‘ladi.

8H Milan karavotini 4899 yuanga (732 dollar) xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyida Xiaomi “aqlli” pardalarni taqdim etgandi.