27-sentabr kuni Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar boshlandi. Armaniston va Ozarbayjon tomonlari bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi. Respublikalarda harbiy holat e’lon qilingan. Voqealar joyidan kadrlarni “Kommersant” o‘z fotogalereyasida e’lon qildi.

27-sentabr kuni Boku Ozarbayjon armiyasi joylashgan nuqtalar Armaniston tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. O‘z navbatida Yerevan Ozarbayjon Qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘ hududiga bostirib kirgani va aholi punktlarini o‘qqa tutganini xabar qildi. Oqibatda to‘liq ko‘lamdagi janglar boshlanib ketdi, tomonlar artilleriya, tanklar va aviatsiyani qo‘lladi. Suratda: Armaniston harbiylari Ozarbayjon QK tankini yo‘q qilmoqda.

Foto: AP Photo

Jangovar harakatlar boshlanishi bilan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev (suratda) 28-sentabr 00:00 dan butun mamlakat hududida harbiy holatni joriy qilish haqida farmon imzoladi. Bir qator hududlarda komendantlik soati joriy etildi.

Foto: AFP

Qarama-qarshiliklarning keskinlashuvi 1994-yildan buyon eng kuchlisi bo‘ldi. Suratda: Ozarbayjon harbiylari Bokuda yo‘l bo‘yida to‘plangan odamlarga salom bermoqda.

Foto: Reuters

Keskinlik boshlanganidan keyin ertasi kuni Boku Tog‘li Qorabog‘da 550 nafar armanistonlik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi. Yerevan ushbu ma’lumotni rad etib, o‘z navbatida 200 ga yaqin ozarbayjonlik harbiy halok bo‘lganini xabar qildi. Suratda: Boku aholisi harbiylarni olqishlamoqda.

Foto: Getty Images

Armaniston hukumati mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlikni e’lon qildi. Suratda: Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan parlamentga murojaat qilmoqda.

Foto: AFP

Umumiy safarbarlik e’lon qilinganidan keyin Yerevandagi miting.

Foto: Reuters

Ozarbayjon mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki kunlik qarama-qarshilikdan keyin Armaniston tomonidan 22 ta tank va boshqa og‘ir zirhli texnika, 15 ta “Osa” zenith-raketa majmuasi, 18 ta uchuvchisiz uchar qurilma, 8 ta artilleriya qurilmasi, 3 ta o‘q-dori ombori yo‘q qilingan. Yerevan bu ma’lumotni rad etib, Ozarbayjon tomonidan 30 ta zirhli texnika va 20 ta uchuvchisiz qurilma yo‘q qilinganini aytdi.

Foto: AP Photo

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi (TQR) poytaxti Stepanakertdagi xonadon otishmalardan keyin.

Foto: AP Photo

Armaniston tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, Ozarbayjon QK bilan jangovar to‘qnashuvlar chog‘ida nizoning ilk ikki kunida TQRning 30 dan ortiq harbiy xizmatchisi o‘ldirilgan. Suratda: TQR yetakchisi Araik Arutyunyan Xavfsizlik kengashi majlisini o‘tkazmoqda.

Foto: AFP

28-sentabr kuni Boku Ozarbayjon QKda olti kishi halok bo‘lganini aytdi.

Foto: AFP

28-sentabr kuni ertalab Ozarbayjon va Armaniston otishmalar qayta boshlanganini ma’lum qildi. Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan Ozarbayjon bilan jangler chog‘ida Tog‘li Qorabog‘da yana 28 harbiy halok bo‘lganini aytdi. Suratda: Stepanakertdagi bombapanohgohda odamlar televizor ko‘rmoqda.

Foto: AP Photo

Armaniston agar Turkiya Tog‘li Qorabog‘da F-16 samolyotlaridan foydalansa, “Iskandar” tezkor-taktik raketa majmualarini qo‘llashini aytdi. Suratda: shifokorlar Stepanakertda Tog‘li Qorabog‘ fuqarosiga yordam ko‘rsatmoqda.

Foto: Reuters

29-sentabr kuni ertalab Ozarbayjon mudofaa vazirligi Qorabog‘dagi pozitsiyalarini qaytarib olishga uringan Armaniston harbiylarining kontrhujumlari haqida ma’lum qildi. Muassasa ta’kidlashicha, armiya hujumni qaytargan. Armaniston, o‘z navbatida, harbiylar Ozarbayjon hujumlarini daf qilganini xabar qildi. Turkiya hozircha Tog‘li Qorabog‘ga o‘z harbiylarini yuborish zaruriyatini ko‘rmayotganini aytdi.

Foto: Reuters

29-sentabr kuni kunduzi Armaniston mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, ular Ozarbayjonga qarshi katta radiusga zarba beruvchi qurolni qo‘llashi mumkin. Yerevan bu Ozarbayjon tomonidan o‘tsochar tizimlar, yirik kalibrli artilleriya va “Smerch” qurilmalari qo‘llanilishiga javob bo‘lishini ta’kidladi. 1-oktabr kuni Boku ma’lum qilishicha, Armaniston tomonidan o‘t ochishlar oqibatida Tog‘li Qorabog‘da 27-sentabrdan buyon 19 nafar tinch ozarbayjonliklar halok bo‘lgan.

Foto: Reuters

Tan olinmagan TQR mudofaa vazirligi axborotiga ko‘ra, 2-oktabrga kelib, respublikaning talafoti 150 harbiy xizmatchidan oshgan. 1-oktabr kuni Armaniston tomoni dushman tomon 1280 harbiysini yo‘qotganini ma’lum qildi.

Foto: AFP

Armaniston yagona axborot markazi, Yerevan da’vosiga ko‘ra, Turkiyaning F-16 qiruvchisi tomonidan urib tushirilgan Su-25 hujumchi samolyoti halokatga uchragan joydan suratlarni e’lon qildi. Turkiya bu da’voni rad etdi.

Foto: EPA

2-oktabr kuni Ozarbayjonning Terter tumani ma’murlari ma’lum qilishicha, ularning hududiga 5,3 mingtadan ortiq snaryad Armaniston tomonidan otilgan. Suratda: Terter fuqarosi panagohda.

Foto: Reuters

2-oktabrdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ozarbayjon mudofaa vazirligi ta’kidlashicha, Armaniston QKning 2,7 minggacha odami halok bo‘lgan va yaralangan, 130 tagacha zirhli texnika yo‘q qilingan.

Foto: Reuters

Ozarbayjon QK polkovnik-leytenanti Maxman Ganbarovning Barda shahridagi dafn marosimi.

Foto: Reuters

Armaniston hukumati ma’lum qilishicha, Armanistondan Tog‘li Qorabog‘ga jismoniy shaxslar va transportning kirishi 2-oktabrdan taqiqlandi, TQR hukumati va mudofaa armiyasi uchun tashuvlar bundan mustasno.

Foto: Reuters

Armaniston harbiylari tan olinmagan TQRda.

Foto: Reuters

Fransiyaning Le Monde nashrining Ozarbayjon harbiylari tomonidan Qorabog‘ning Martuni shahri o‘qqa tutilishi natijasida yaralangan ikki jurnalistidan biri Alan Kaval Yerevandagi kasalxonada davolanmoqda.

Foto: Reuters

Tog‘li Qorabog‘dagi Shixarsh posyolkasida otishmalar oqibati.

Foto: Reuters

Ozarbayjonning Terter shahri osmonidagi tutun.

Foto: Reuters

Tog‘li Qorabog‘da o‘qqa tutishlar oqibatida jabrlangan Stepanakert shahri.

Foto: AP Photo

Stepanakert aholisi Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat keskinlashishi tufayli shaharni tark etmoqda.

Foto: “RIA Novosti”

O‘t o‘chiruvchilar Stepanakertda artilleriya zarbasi tufayli yonib ketgan qurilish ashyolari omborida olov bilan kurashmoqda.

Foto: Reuters

Ozarbayjonning Gyanja shahridagi otishmalar oqibatlari, 4-oktabr. Respublika mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Gyanja, Terter va Goradiz shaharlari o‘qqa tutilishi oqibatida 22 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lgan, 74 nafari jarohatlangan,

Foto: “TASS”

TQR hukumati aytishicha, 4-oktabr kuni Stepanakert (suratda) va Shushi shaharlari o‘qqa tutilishi natijasida to‘rt nafar tinch aholi vakili halok bo‘lib, o‘n kishi yaralangan.

Foto: Reuters

Otishmalardan keyin Stepanakert fuqarosiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Foto: Reuters

Stepanakert shahri o‘qqa tutilishi oqibatlari.

Foto: Reuters

Ozarbayjonning Terter shahri o‘qqa tutilganidan keyin zarar ko‘rgan uydan topilgan snaryad bo‘laklari.

Foto: AP Photo

6-oktabr kuni TQR hukumati Stepanakertni (foto) o‘qqa tutishlar davom etayotganini ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Ozarbayjonning Mingechevir shahrida “Smerch” baravariga o‘q otish tizimining portlamay qolgan o‘qi.

Foto: Reuters

Stepanakert aholisi o‘qqa tutishlar sababli shahardan ketmoqda.

Foto: AFP

Armaniston harbiylari Ozarbayjon pozitsiyalarini o‘qqa tutish chog‘ida.

Foto: AP Photo

Ozarbayjonning aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan Gyanja shahri o‘qqa tutishlardan so‘ng.

Foto: EPA

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da harbiylar bilan kengashmoqda.

Foto: AP Photo

Stepanakert aholisi bombapanohgohda.

Foto: AP Photo

Stepanakertdagi o‘qqa tutishlar oqibatlari.

Foto: AP Photo

10-oktabr kuni 12:00 da Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya tashqi ishlar vazirlari muzokaralaridan so‘ng Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochmaslik haqidagi sulh kuchga kirdi.

Foto: AP Photo

10-oktabr kuni sulh kuchga kirganidan keyin ko‘p o‘tmay, tomonlar bir-birini jangovar harakatlarni davom ettirishda aybladi.

Foto: “Kommersant”

Stepanakertda o‘qqa tutishlar oqibatlari.

Foto: “Kommersant”

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi poytaxti Stepanakert fuqarolari. TQR aholisining 50 foizdan ortig‘i jangovar harakatlar tufayli o‘z uylarini tark etdi, deya ma’lum qildi respublika ombudsmeni Artak Beglaryan.

Foto: “Kommersant”

Ozarbayjonning Terter shahri fuqarolari.

Foto: “Kommersant”

11-oktabr kuni, Boku bergan axborotga ko‘ra, Gyanja shahri o‘qqa tutilgan.

Foto: “Kommersant”

Gyanjaning raketa bilan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi, deya xabar qildi Ozarbayjon Bosh prokuraturasi.

Foto: “Kommersant”

Gyanja markazida o‘qqa tutishlar oqibatida vayron bo‘lgan ko‘p xonadonli uyda yashovchilar.

Foto: “Kommersant”

TQR poytaxti Stepanakert o‘qqa tutishlardan so‘ng.

Foto: “Kommersant”

Stepanakert shahrida yashovchi ayollar.

Foto: “Kommersant”

Stepanakert ko‘chalaridan birida portlamay qolgan snaryad.

Foto: “Kommersant”