Vaqtni qadrlaydigan ota-onalar va abituriyentlar, o‘qishga kira olmadingiz, 1 yilni yo‘qotdim deb tushkunlikka tushmang, bitta imkoniyat boy berilgan bo‘lsa boshqasidan, albatta, foydalaning.
Nega Aynan Turkiya?
Oxirgi o‘n yilda Turkiyaning oliy ta’limi ko‘zga ko‘rinadigan darajada rivojlandi. Turk universitetlari Xalqaro talabalar uchun turli ta‘lim yo‘nalishlarida o‘qish imkonini beryapti. Ta’lim sifati xalqaro ko‘rsatkichlarda ham yuqori darajadadir. Angliyaning ta’lim sohasidagi Times higher education loyihasining 2017-yilgi hisobotiga ko‘ra eng yaxshi 300 universitet orasida Turkiyaning 16 universiteti, ulardan 3 ta universitet ilk qirqlik ro‘yxatida turgani ahamiyatlidir. To‘liq inglizcha ta’lim berayotgan yo‘nalishlar ham yillar sayin ortib bormoqda.
Ta’lim sohasida turli xalqaro tashkilotlarga a’zo va ular bilan davomli hamkorlik olib bormoqda. Bu talabalarga ikki muhim imkoniyatni beradi. Birinchisi, Yevropa kredit o‘tkazish tizimi (inglizchaEuropean Credit Accumulation and Transfer System) kelishuvi bilan talabalar boshqa mamlakatlarda o‘qishlarini davom ettirishlari mumkin. Ikkinchisi, Turkiya universitetida o‘qib boshqa davlatlarda qabul qilinadigan diplomga ega bo‘ladi.
Turkiya insonlarni o‘ziga jalb qila oladigan xususiyatlarga juda boy. Har bir hududining o‘ziga xos ruhi va afzalliklari bor. Masalan, Istanbulni olaylik, ham Osiyo, ham Yevropa hududida joylashishi bilan ikki qit’ani bir-biriga bog‘lagan shahardir. Bu yer ming yillardan beri turli madaniyatlar markazi bo‘lib kelmoqda.
Aslida, Turkiya ikki qit’ani bog‘labgina qolmay, sharq va g‘arbni ham o‘zida mujassamlashtira olgan mamlakatdir. Ikki madaniyatni muvaffaqiyatli ravishda o‘zlashtirib, uzoq yillardan beri madaniy boyliklar va tarixiy meroslarga boy o‘lka bo‘lib kelmoqda. Bu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz hoziroq “Bir makon, bir mo‘l” tashkiloti bilan bog‘laning.
Rasmiy kanal: @Birmakon_Uzbekistan
Instagram: https://www.instagram.com/birm...
Ma’lumot uchun:
+998 95 514 00 20
+998 95 512 00 20
Ish vaqti 09:00—18:00 gacha
Dushanbadan—shanbagacha
Reklama huquqi asosida.